Turkmanistonda yangi prezident saylanmoqda

Turkmanistonda yangi prezident saylanmoqda
Turkmanistonda bugun mamlakat prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylov boshlandi.

Aslida amaldagi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning vakolati muddati 2024 yilgacha belgilangandi. Biroq u joriy yil fevral oyi oʻrtalarida «yoshlarga yoʻl ochib berish lozimli»gini ta'kidlab, saylovlar oʻtkazilishini ma'lum qilgandi.

Prezidentlik lavozimni egallash uchun 9 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Ular orasida amaldagi prezidentning oʻgʻli Serdar Berdimuhamedovning imkoniyati yuqori baholanmoqda.

Gurbanguli Berdimuhamedov prezidentlik vakolatini topshirgach, parlament yuqori palatasi rahbarligida qolishi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar