18:30 / 21.03.2022
1 716

Birinchi kanal Ovsyannikovani xoinlikda aybladi

Birinchi kanal Ovsyannikovani xoinlikda aybladi
Foto: Emin Djafarov / Kommersant’
Birinchi kanalning Axborot dasturlari direksiyasi rahbari Kirill Kleymenov telekanalning sobiq xodimi, efir vaqtida studiyaga urushga qarshi plakat ko‘tarib chiqqan Marina Ovsyannikovani xiyonatda aybladi. U 20 mart kungi dasturda shunday ayblov bildirdi.

Kleymenov aksiya rejalashtirilgan harakat bo‘lganiga ishora qilib, «sanoqli daqiqalar»dan keyin uning ishtirokidagi kadrlar G‘arb nashrlari saytlarida paydo bo‘lgani, advokat esa uni telemarkazga kirishda kutib turgani haqida aytgan.

Kleymenovning tasdiqlashicha, aksiyadan biroz oldinroq Ovsyannikova telefon orqali «Angliya elchixonasi» xodimi bilan gaplashgan. U bu ma’lumotni qayerdan olganiga aniqlik kiritmagan.

«Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bundan oldin Marina Ovsyannikova Angliya elchixonasi bilan gaplashgan. Orangizda kim xorijiy elchixona bilan telefon orqali muloqot qilgan? Viza markazi bilan emas, aynan elchixona bilan. Masalan, menda hech qachon bunday bo‘lmagan.

Hissiy portlash boshqa narsa, xiyonat — butunlay boshqa narsa. Biror kishi vataniga xiyonat qilsa, qat’iy kelishilgan mukofot uchun barchamizni, qariyb 20 yil yelkama-yelka ishlagan odamlarini sovuqqonlik bilan, barchasini hisobga olgan holda sotadi <…> Xiyonat — hamisha insonning shaxsiy tanlovidir, odamni undan qutqara olmaysiz. Ammo barchasini o‘z nomi bilan atash kerak
», degan u.

Marina Ovsyannikovaning rasmiy sahifasi sifatida ko‘rsatilgan telegram kanalda Kleymenovning so‘zlariga munosabat paydo bo‘ldi: «Birorta so‘z to‘g‘ri emas! Birorta so‘z!!! Men siz bilan ishlaganimdan uyatdaman!!!»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Birinchi kanal Ovsyannikovani xoinlikda aybladi