Foto: «URA.ru»
Oq uy norasmiy ravishda «Yo‘lbars» deb nomlangan guruh tuzdi, u Rossiya tomonidan ommaviy qirg‘in qurollari (kimyoviy, biologik yoki yadroviy) qo‘llangan taqdirda, AQSH va uning ittifoqchilari beradigan javob rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda manbalariga tayanib, The New York Times xabar berdi.
Shu bilan birga, AQSH rasmiylari Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishi xavfini past deb baholamoqda.
«Yo‘lbars» guruhi shuningdek, Ukrainaga yuborilayotgan qurol-yarog‘ karvonlarini to‘xtatish va urushni Moldova hamda Gruziya hududiga yoyish maqsadida Rossiyaning NATO mamlakatlariga bostirib kirishi ssenariylarini ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, guruh a’zolari qaysi holatda NATO Ukrainaga qo‘shin yuborishi mumkinligini ham o‘ylamoqda.
«Yo‘lbars» guruhi AQSH prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan buyrug‘i bilan 28 fevral kuni tashkil etilgan. Uning tarkibiga milliy xavfsizlik sohasida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxslar kiradi. Ular haftada uch marta shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazadi.
«Yo‘lbars» guruhi bilan bir qatorda Oq uyda yana bitta guruh faoliyat yuritmoqda. U Rossiya prezidenti urushga kirishishga qaror qilgan taqdirda, AQSHning geosiyosiy pozitsiyasini mustahkamlash yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 27 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tiyib turuvchi kuchlarni maxsus tayyorgarlik rejimiga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu jumladan yadroviy kuchlarni anglatadi. Putin ushbu qarorni NATOdagi yetakchi davlatlarning yuqori mansabdor shaxslari «Rossiyaga qarshi tajovuzkor bayonotlar yangrashiga yo‘l qo‘yayotgani» bilan izohlagan.
22 mart kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga bergan intervyusida mamlakat mavjudligiga tahdid tug‘ilgan taqdirda Rossiya yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini inkor etmadi. Peskovning ta’kidlashicha, bunday asos Rossiya milliy xavfsizligi konseptsiyasida belgilab qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi