Foto: REUTERS/Gloystein Henning/File Photo
AQSH Yevroittifoq bilan bu yil Yevropaga Rossiya eksporti o‘rnini bosish uchun kamida 15 mlrd kub metr suyultirilgan gaz yetkazib berishni ta’minlashga kelishib oldi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tomonlar Yevropaning Rossiya energiya resurslariga qaramligini kamaytirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga qaror qilgan.
Yevropa qo‘shimcha gazni qayerdan: gaz qazib olish kengayishi hisobiga yoki mavjud oqimlarning yo‘naltirilishi evaziga olishi noaniq, deb yozadi Bloomberg.
AQSHning o‘zi 15 mlrd kub metrning qancha qismini yetkazib berishiga aniqlik kiritilmagan, deya qayd etadi Reuters.
Bu vazifani AQSH bajara oladi, biroq Yevropa osiyolik iste’molchilar talabini yo‘qqa chiqarish uchun yonilg‘ini yuqoriroq narxda sotib olishiga to‘g‘ri keladi, deb hisoblaydi Bloomberg.
Hozirda Rossiya YEIning gazga bo‘lgan ehtiyojining 40 foizini ta’minlaydi.
Qayd etilishicha, Yevropa Rossiyadan har yili gaz quvurlari orqali 150 mln kub metrga yaqin tabiiy gaz va yana 14-18 mlrd kub metr suyultirilgan gaz shaklida oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi