Qirg‘iziston «Hizb ut-Tahrir» ekstremistik tashkiloti yetakchisini O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi

Foto: Qirg‘iziston Davlat xavfsizlik milliy qo‘mitasi
Qirg‘izistonda diniy-ekstremistik va terroristik guruhlarga qarshi o‘tkazilgan tadbirda «Hizb ut-Tahrir» guruhi yetakchisi qo‘lga olindi. U Qirg‘izistonning janubiy viloyatlarida yashirin ekstremistik tarmoqni tashkillashtirgan, deb xabar beradi «24.kg».
Qirg‘iziston Davlat xavfsizlik milliy qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan Sh.I. tashkilotning O‘zbekistondagi bo‘linmasi rahbari hisoblanadi. U Qirg‘izistonning janubiy viloyatlari va O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlarida faoliyati taqiqlangan tashkilot tuzilmalarini yaratish va mustahkamlash bo‘yicha o‘zining hamfikrlari bilan yashirin faoliyat olib borgan.
Sudgacha bo‘lgan tezkor-surishtiruv tadbirlari davomida ushbu erkak 10 yildan ortiq vaqtdan beri O‘zbekistonda rasman qidiruvda ekani va Qirg‘izistonga yashirinishga uringani aniqlangan. Qirg‘iziston Davlat xavfsizlik milliy qo‘mitasi uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilgan.

Izohlar 0
…