1 924
«To‘lov bo‘lmasa, gaz ham yo‘q». Peskov Yevropaning gazni rublda sotib olishdan bosh tortishi haqida
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya Yevropa Ittifoqi davlatlari gaz uchun hisob-kitoblarni rublda amalga oshirmasa, uni bepul yetkazib bermaydi. Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov PBS’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, u hozircha Bryussel rad javobini bersa, Moskva qanday yo‘l tutishini bilmaydi, hukumat Yevropa Ittifoqining yakuniy qarori bo‘yicha mavjud variantlarni ko‘rib chiqmoqda. «Biroq bu borada G‘arbiy Yevropaga gazni bepul jo‘natib, xayriya bilan shug‘ullanish niyatida emasmiz», — deydi u.
«To‘lov yo‘q — gaz ham yo‘q», — deya qo‘shimcha qiladi Peskov.
Avvalroq Rossiya prezidentining matbuot kotibi jurnalistlar bilan suhbatda gaz yetkazib berish murakkab jarayon ekani, «bu do‘kondan biror nima xarid qilish emasligini» ta’kidlagan. «Bu ham yetkazib berish, ham to‘lov, ham balanslashdir. Hozirda barcha modalliklar idoralararo, ‘Gazprom’ bilan ishlab chiqilmoqda, keyin esa aniq vaqt chegaralari belgilanadi», — deydi Peskov.
Bryussel Rossiyani Yevropa Ittifoqiga eng yirik gaz yetkazib beruvchi deb ataydi — mamlakat ittifoq davlatlarining 40 foiz gazini ta’minlab, neft importining chorak qismidan ortig‘ini va ko‘mir yetkazib berishning qariyb yarmini egallagan.
23 mart kuni Vladimir Putin Rossiya gaz borasidagi hisob-kitoblarni rublda amalga oshirishini ma’lum qildi. U hukumat, Markaziy bank va «Gazprom»ga oy oxiriga qadar to‘lov valyutalarini o‘zgartirish bo‘yicha hisobot taqdim etishni buyurgan.
Yevropa davlatlari to‘lov shartnomada belgilangan valyutada amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlamoqda. Yevropa Ittifoqi rahbari Ursula fon der Lyayenning fikricha, gaz uchun to‘lovlarni rublga o‘tkazish — Rossiyaning sanksiyalarni aylanib o‘tishga bo‘lgan urinishidir. «Katta yettilik» davlatlari Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘lashni rad etgan. «To‘lovni rublda qilish nomaqbul harakat va biz manfaatdor kompaniyalarni Putinning ushbu talablarini bajarmaslikka chaqiramiz», — deydi Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi