1 677
Shoygu Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasida asosiy vazifalar bajarib bo‘linganini aytdi
Foto: Sputnik
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning asosiy vazifalari bajarilganini, shuning uchun endi asosiy maqsad – Donbassni ozod qilishga e’tibor qaratish imkoniyati borligini aytdi.
«Ukraina qurolli kuchlarining jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaydi, bu esa asosiy e’tibor va sa’y-harakatlarni asosiy maqsad – Donbassni ozod qilishga erishishga qaratish imkonini beradi», — deya Shoyguning so‘zlarini keltirgan «RIA Novosti».
Vazirning ta’kidlashicha, operatsiya olib borilgan bir oy davomida Ukraina harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa tizimi amalda yo‘q qilingan. 123 ta samolyot, 77 ta vertolyot, 152 ta uzoq va o‘rta masofaga mo‘ljallangan havo mudofaa tizimi ishdan chiqarilgan. «Mamlakatning dengiz kuchlari o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Quruqlik va havo-desant kuchlarining barcha tuzilmalari katta yo‘qotishlarga uchradi», — dedi Shoygu.
25 mart kuni Rossiya Bosh shtab bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy Ukrainadagi maxsus operatsiyaning birinchi bosqichi yakunlarini sarhisob qilgandi. U asosiy vazifa «Donbassni ozod qilish» bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan.
O‘sha kuni Lugansk hududining 90 foizdan ortig‘i, Donetskning deyarli yarmi ishg‘ol qilingani haqida ma’lumot berilgan. Rossiya Mudofaa vazirligining bo‘linmalari Xerson viloyati va Zaporoje viloyatining katta qismi ustidan ham nazorat o‘rnatgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevral kuni Ukrainada «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi. U o‘z maqsadlarini Ukrainani demilitarizatsiya qilish va Donbass aholisini «genotsid»dan himoya qilish deb atadi. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi