Nomad Capitalist immigratsiya konsalting kompaniyasi tomonidan berilgan Nomad Passport Index reytingida Luksemburg pasporti birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Rambler xabar bermoqda.
Ushbu pasport egalari vizasiz eng ko‘p mamlakatlarga tashrif buyurishlari, shuningdek, dunyodagi eng ilg‘or tizimlardan biri bo‘yicha soliq to‘lashlari mumkin. Luksemburg fuqarolari ikkinchi fuqarolikni ham olish va qo‘shimcha shaxsiy erkinliklardan foydalanish imkoniga ega. Masalan, mamlakatda majburiy harbiy xizmat yo‘q.
Shvetsiya pasporti egalari vizasiz 188 davlatga, Luksemburg pasporti egalari esa 189 davlatga tashrif buyurish imkoniyati tufayli birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, 10 ta eng yaxshi pasportlar qatoriga Irlandiya, Belgiya, Shveysariya, Finlyandiya, Portugaliya, Chexiya, Niderlandiya va Singapur pasportlari ham kirdi.
Nomad Capitalist mamlakatlarni quyidagi mezonlarga ko‘ra saralagan:
- pasport egalari vizasiz bora oladigan davlatlar soni (yetakchilar Yaponiya va Singapur — 192 ta davlat; Afg‘oniston fuqarolari esa 26 davlatga vizasiz sayohat qilishlari mumkin);
- soliqqa tortish tizimi (AQSH kamida 10 ball oldi, chunki fuqarolar qayerda yashashidan qat’i nazar soliqlar undiriladi; fuqarolar uchun soliq to‘lamaydigan Vanuatu mamlakati yuqori ballni oldi);
- ikkinchi fuqarolikka ruxsat va qo‘shimcha shaxsiy erkinliklar bergan davlatlar (majburiy harbiy xizmatning mavjudligi ham hisobga olingan).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi