
Foto: BBC
Ukrainada urush tufayli 11 milliondan ortiq odam o‘z uyini tark etdi, deb hisobot berdi Xalqaro migratsiya tashkiloti.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, boshpanasidan judo bo‘lgan 7,1 milliondan ziyod ukrainalik o‘z mamlakati hududida, qariyb 4 million nafari esa boshqa davlatlar hududlariga o‘tib, qochqinlarga aylandi.
Ukraina aholisining ichki ko‘chishi mart oyi o‘rtalaridan, ya’ni mazkur yo‘sindagi tadqiqot oxirgi marotaba o‘tkazilganidan buyon 10 foizga o‘sgan. Boshpanasini tark etgan oilalarning yarmidan ko‘pining bolalari yoki qariyalari bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar