date
views 1 490

Xonanda Rianna dunyodagi eng badavlat ayollar reytingidan joy oldi

Xonanda Rianna dunyodagi eng badavlat ayollar reytingidan joy oldi
Foto: Pinterest
Forbes jurnali dunyodagi eng boy ayollarning yillik reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatda barbadoslik birinchi milliarderga aylangan Rianna ham bor.

Xabarlarga ko‘ra, Riannaning boyligi 1,7 milliard dollarga baholanmoqda. Xonanda o‘z daromadining asosiy qismini Fenty Beauty kosmetika va Savage X Fenty ichki kiyim brendidagi ulushlari orqali oladi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni (ikkinchi yil ketma-ket) L’Oréal kosmetika imperiyasining merosxo‘ri Fransuaza Betankur Mayers egalladi. Uning boyligi 74,8 milliard dollarni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda Walmart asoschisi Elis Uoltonning qizi bo‘lib, uning boyligi 65,3 milliard dollarga baholangan. Kuchli uchlikni 74,8 milliard dollar bilan tadbirkor va xayriyachi Devid Koxning bevasi Juliya Kox yakunladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xonanda Rianna dunyodagi eng badavlat ayollar reytingidan joy oldi