21:20 / 08.04.2022
2 612

Putinning harbiy jinoyatchi sifatida mahkamaga tortilishi qanchalik haqiqatga yaqin?

Putinning harbiy jinoyatchi sifatida mahkamaga tortilishi qanchalik haqiqatga yaqin?
Urushni yoqlab berayotgan bayonotlari sabab Dmitriy Peskovga ham G‘arb sanksiyalari joriy etilgan.
Foto: TASS

Keyingi paytlarda bir qator G‘arb davlatlari rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga bostirib kirishga buyruq bergani uchun harbiy jinoyatchi sifatida mahkamaga tortishni talab qilmoqda. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Sky News telekanaliga bergan intervyusida bu talab nechog‘li haqiqatga yaqin ekaniga oydinlik kiritdi.

Telekanal boshlovchisining «Putin harbiy jinoyatchi sifatida sudda javob berishidan xavotirlanadimi?» degan savoliga javob bergan Peskov «Yo‘q, buning hech qanday ehtimolini ko‘rmayapmiz», – deb ta’kidlagan.

Joriy yil 24 fevral kuni Rossiya qo‘shini Ukraina hududiga bostirib kirgach, kollektiv G‘arb Kremlga nisbatan keng ko‘lamli moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari joriy etdi. Amerika prezidenti Jo Bayden esa Rossiya rahbarini harbiy jinoyatchi deb atadi.

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Spiegel nashriga bergan intervyusida Rossiya prezidenti V.Putin hamda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov harbiy jinoyatlari uchun mahkama qarshisida javob berishi kerakligini ta’kidladi. Germaniya yetakchisi rossiyalik hamkasbini «urush olovini yoqayotgan bunkerdagi shaxs» deb atagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning harbiy jinoyatchi sifatida mahkamaga tortilishi qanchalik haqiqatga yaqin?