12:30 / 10.04.2022
2 410

Ekspert Rossiyada dollar kursi nega pastligini tushuntirdi

Ekspert Rossiyada dollar kursi nega pastligini tushuntirdi
Shu kunlarda rubl barqarorlikni namoyish etmoqda va bozordagi bu pozitsiya bir muncha vaqt saqlanib qolishi mumkin, dedi SKOLKOVO-RESH moliyaviy texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotni o‘rganish markazi direktori Oleg Shibanov.

Asosiy masala - kelajakda talab va taklif qanday bo‘lishida. Hozir eksportchilar valyuta tushumlarining 80 foizini sotishga majbur, importchilar tomonidan esa valyutaga talab kamaygan. Undan tashqari valyuta sotib olishga doir yana bir qator cheklovlar mavjud", - deydi ekspert.

Bundan tashqari, ekspert aytishiga ko‘ra, Rossiya eksportiga kiritilgan cheklovlar kelajakda rublning zaiflashishiga olib kelishi mumkinligini istisno qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, G‘arb sanksiyalari oqibatida Rossiya valyuta kurslari keskin oshgan edi. Bir necha kun ichida dollar 130 rublga yaqinlashgan edi. Shundan so‘ng Rossiya Markaziy banki 2022 yilning 8 martidan 9 sentabriga qadar fuqarolarning hisob raqamlaridan valyuta yechib olishga 10 ming dollar miqdorida cheklov kiritgan edi. Undan tashqari Rossiya banki valyuta ayirboshlash operatsiyalariga ham dastlab 30%, keyinroq 12% komissiya kiritgan edi. Ushbu cheklov valyuta bozorida olib-sotarlik operatsiyalarining oldini olishga qaratilgan.

Moskva valyuta birjasida, dollarning bugungi kursi kuzdan beri kuzatilgan minimal darajaga tushgan 1 dollar – 71 rublga, 1 yevro – 77,08 rubl.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspert Rossiyada dollar kursi nega pastligini tushuntirdi