10:53 / 11.04.2022
1 007

Mashhurlardan foydali nonushta tavsiyalari

Mashhurlardan foydali nonushta tavsiyalari
Kino yulduzlari va mashhur oshpazlar sulidan tayyorlanadigan foydali nonushtani tavsiya qiladilar. Jumladan, Kemeron Diaz, Ben Afflek, Jennifer Eniston kabi mashhur aktyor va aktrisalarning sulidan tayyorlanadigan o‘ziga xos nonushta retseptlari bor. Sputnik Ozarbayjon mashhurlar tanovul qiladigan nonushtaning eng foydalilari bilan o‘rtoqlashdi.

Suli- sog‘lom nonushta tayyorlash uchun klassik mahsulot. Bu kletchatkaga boy ozuqa xolesterin miqdorini kamaytirishga va hatto ozishga yordam berishi mumkin. Bir likopcha suli yormasi va foydali qo‘shimchalar to‘yimli va shu bilan birga oson va tez tayyorlanadigan hamyonbop nonushta bo‘ladi.

Kemeron Diaz, aktrisa
49 yoshli aktrisa Kemeron Diaz 1990- yillarda “Niqob” flmidagi rolidan so‘ng mashhur bo‘lgan. Gollivudning barcha yulduzlari kabi u sog‘lom turmush tarzi tarafdori.

Aktrisa al dente suli yormasini tayyorlash uchun tovuq bulonidan foydalanadi. Keyin u ko‘katlarni porey piyozi bilan qovurib oladi. Tanovuldan oldin suliga ozgina yog‘ qo‘shadi, ko‘katlar va qaynatilgan tuxim oqini qo‘shadi. Keyin ponza sousi bilan barcha masalliqlarni arashtiradi. Bu sous Yaponiya oshxonasining sitrus mevalar sharbatidan olingan.

Tayler Florens, mashhur oshpaz
Food Network shousi teleboshlovchisi va mashhur oshpaz Tayler Florensning retsepti juda mazali. Oshpaz suv o‘rniga olma sharbati qo‘shadi. Sulini krem holiga kelib qolguncha pishiradi. Oxirida olma sharbati, dolchin va bir osh qoshiq sariyog‘ qo‘shadi. Qo‘shimcha mahsulotlardan qorag‘at, banan, qizg‘ichdan o‘tkazilgan kokos yoki yog‘siz sut bilan iste’mol qiladi.

Jennifer Eniston, aktrisa
Amerikalik aktrisa, kinorejisser va prodyuser, “Do‘stlar” teleserialidagi Reychel Grin roli orqali mashhur va shu roli tufayli “Emmi” va “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Aktrisa sevimli nonushtasini tayyorlashni sobiq turmush o‘rtog‘i Jastin Terudan o‘rgangan. Elle ga bergan intervyusida aktrisa yorma tayyor bo‘lishidan oldin tuxum oqini qo‘shishini aytib o‘tgan.

Ben Afflek, aktyor
Ko‘pchilik akterni “Aqlli Uill Xanting”, “Tepalikdagi uy”, “Yo‘qolgan qiz” filmlaridan rollari orqali taniydi. Shu bilan birga Ben Afflek kinorejisser, ssenarist, prodyuser , ikkita “Oskar” sovrindori hamdir. Rollarga tayyorgarlik vaqtida akter uglevodlarni kam iste’mol qiladi, biroq, nonushtaga suli va tuxumni iste’mol qilishni kanda qilmaydi. Hamkasbi Jennifer Enistondek u ham suliga tuxumning oqini aralashtiradi.

Gordon Ramzi, mashhur oshpaz
Dunyodagi eng mashhur oshpaz, “Oshxonadagi dahshat”, “Jahannam oshxonasi” ko‘rsatuvi boshlovchisi. Ko‘rsatuv efirlarining birida oshpaz suli yormasini qanday tayyorlashini aytib o‘tgan: “yorma mayin, yoqimli ta’mga ega bo‘lishi uchun, men sulini qaynab turgan suvga solaman va sut qo‘shib aralashtiraman. Suli sut tufayli mayin bo‘ladi. Unga – vanil, dolchin, kardamon va muskat yong‘og‘i qo‘shish – menin eng sevimli retseptim. Sulini mevalar va rezavorlar bilan iste’mol qiling. Shu bilan ideal yormaga aylanadi”, - deydi mashhur oshpaz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhurlardan foydali nonushta tavsiyalari