14:29 / 13.04.2022
1 003

Bayden Putinning Ukrainadagi siyosatini «genotsid» deb hisoblamoqda

Bayden Putinning Ukrainadagi siyosatini «genotsid» deb hisoblamoqda
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi siyosati «genotsid» ekanini ma’lum qildi. Ammo u sodir bo‘layotgan voqealarga yuristlar baho berishi kerakligini qo‘shimcha qilgan. Bu haqda AQSH prezidenti Ayova shtatida mamlakatda narx-navoning oshib ketayotgani borasida o‘tkazilgan yig‘ilishidan so‘ng, omma oldidagi chiqishida ta’kidlagan.

«Ha, men buni genotsid deb atadim, chunki Putin shunchaki ukrainalik bo‘lish g‘oyasini yo‘q qilishga urinayotgani aniq bo‘lib bormoqda. Biz yuristlarga xalqaro miqyosda bu atama to‘g‘ri keladimi yoki yo‘qligini hal qilishiga ruxsat beramiz, ammo ma’lum bir tarzda menga shunday tuyulmoqda», — deydi Bayden.

Shuningdek, Baydenning hisoblashicha, rus qo‘shinlari Ukrainaga kiritilganidan keyin butun dunyoda benzin va oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘tarilgan. «Dunyoda ikkita yirik don ishlab chiqaruvchi — Xitoy, ya’ni Ukraina va Rossiya — odatda qilgan ishlarini bajarmayapti, shu sababli barcha narxlar oshdi. Bugungi inflyatsiyaga oid ma’lumotlarni ko‘rdik — mart oyida 70 foizli o‘sish Putin tomonidan aytilgan benzin narxiga to‘g‘ri kelgan», — deya qo‘shimcha qiladi Bayden. U Kongressni mamlakatdagi yuqori inflyatsiya bilan bog‘liq «mazkur muammoni zudlik bilan hal etishga» chaqirgan. Amerika prezidentining aytishicha, narxlar ko‘tarilishini sekinlashtirish maqsadida qo‘ldan kelgan barcha ishni qilmoqda.

AQSH Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning martida yillik inflyatsiya 8,5 foizgacha tezlashgan (fevralda 7,9 foiz edi), bu 1981 yilning dekabridan buyon mamlakatda 12 oylik davrda kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni Jo Bayden Vladimir Putinni «qonli diktator va Ukraina xalqiga qarshi axloqsiz urush olib borayotgan haqiqiy kallakesar» deb atagan. Undan avval, 16 mart kuni esa Bayden Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atagandi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSH davlat rahbarining «Putinni harbiy jinoyatchi» deb atagan bayonoti «o‘rinsiz va kechirib bo‘lmaydigan nutqdan» boshqa narsa emasligini aytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Putinning Ukrainadagi siyosatini «genotsid» deb hisoblamoqda