12:23 / 16.04.2022
1 179

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan pansionatlar masalasida kelishishga umid qilmoqda

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan pansionatlar masalasida kelishishga umid qilmoqda
Foto: UzNews
Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan Issiqko‘lda to‘rtta pansionat bo‘yicha kelishuv bitimiga umid qilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat mulkini boshqarish jamg‘armasi raisi Mirlan Bakirov ma’lum qildi. Unga ko‘ra, «Oltin qum», «Rohat NBU», «Dilorom» va «Bo‘ston» pansionatlari bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda.

- Pansionatlar davlat mulk jamg‘armasining tezkor boshqaruvida. Bu masala xalqaro arbitrajda ko‘rib chiqilmoqda. Biz buni kelishuv bitimi bilan hal qilamiz degan umiddamiz. Bitim loyihasi O‘zbekistonga yuborildi. Ulardan pansionatlarni boshqarish, ularni uch-to‘rt yulduz darajasiga olib chiqish, mahalliy aholini ishga olish so‘ralgan. Hozircha javob yo‘q. Bu masala O‘zbekiston bosh vazirining yaqinda O‘shga qilgan tashrifi chog‘ida ham ko‘tarilgan edi. Shundan keyin muzokaralar faollashgan, — dedi Mirlan Bakirov.

Mirlan Bakirov ushbu pansionatlar hududidan Davlat mulk jamg‘armasi tomonidan yer ijarasi boshlanganini ta’kidladi.

O‘zbekiston unga tegishli pansionatlarni olib qo‘yishga qaror qilgan Qirg‘iziston ustidan AQSHda xalqaro arbitrajga shikoyat qilgan edi.

Oldinroq Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyevning qarori bilan 2016 yil aprelida Qirg‘iziston hududida joylashgan, O‘zbekistonga qarashli bo‘lgan to‘rt pansionat — «Oltin qum», «Roxat NBU», «Dilorom» va «Boston» Qirg‘iziston yurisdiksiyasiga o‘tkazilgan edi.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrif doirasida bu pansionatlar bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Masalani yarashuv bilan hal etish uchun Qirg‘iziston hukumati o‘zbekistonlik hamkasblari bilan kelishuv imzolamoqchi.

Ushbu hujjatga ko‘ra, pansionat yerlari Qirg‘iziston mulki bo‘lib qoladi, hududdagi mol-mulk esa O‘zbekistonga o‘tkazib beriladi. O‘zbekiston tomoni, o‘z navbatida, pansionatlarni 3–4 yulduzli darajaga olib chiqish majburiyatini zimmasiga oladi.

Ushbu kelishuvdan so‘ng tomonlar yarashuv bitimini imzolagan. O‘zbekiston esa xalqaro suddan arizasini qaytarib olgan. Ammo Xalqaro sud nizoni ko‘rib chiqishda davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan pansionatlar masalasida kelishishga umid qilmoqda