12:53 / 16.04.2022
1 131

Kreml Putinning 2021 yil uchun daromadlar deklaratsiyasini e’lon qildi

Kreml Putinning 2021 yil uchun daromadlar deklaratsiyasini e’lon qildi
Foto: Reuters
Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda uning administratsiyasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning 2021 yil uchun daromadlar deklaratsiyalarini e’lon qildi.

Putin bir yil ichida 10,2 million rubl ishlab topgan. Uning shaxsiy mol-mulklari qatorida 77 kvadrat metr maydonga ega xonadon, garaj, ikkita avtomobil (GAZ M21 va «Niva») hamda «Skif» avtotirkamasi mavjud. Shuningdek, Putin umumiy maydoni 153,7 kvadrat metrni tashkil qiluvchi kvartiraga ham egalik qiladi va ushbu xonadonning garaji bor.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bir yilda 14,5 million rubl ishlagan. Uning rafiqasi Tatyana Navkining daromadi esa — 218,5 million rubl. Prezident administratsiyasi xodimlari orasida Ukraina bilan muzokaralarda delegatsiya rahbari sifatida ishtirok etayotgan Vladimir Medinskiy eng ko‘p — 106,8 million rubl daromad olgan.

Rossiya hukumati ham daromadlar deklaratsiyalarini e’lon qilgan. Bosh vazir Mixail Mishustin 2021 yilda 18,3 million rubl ishlab topgan. Rossiya savdo sanoati vaziri Denis Manturov 2021 yilda eng ko‘p daromad qilgan hukumat vakili bo‘lgan. U 704,2 million rubl daromad qilgan.

Putinning yillik daromadlari har yili deyarli bir xil raqamlarda aks etadi. 2020 yilda prezident deklaratsiyasidagi daromad 10 million rublni, 2019 yilda esa 9,7 millionni tashkil qilgan. 2017 yilda Putin 1500 kvadrat metr maydondagi yer uchastkasini sotgani tufayli uning yillik daromadi 18 million rubldan oshib ketgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kreml Putinning 2021 yil uchun daromadlar deklaratsiyasini e’lon qildi