
Ukrainada urush boshlanganiga 53 kun to‘ldi. Xarkovning turar joy hududlarini o‘qqa tutish davom etmoqda – so‘nggi kunlarda kamida 18 nafar tinch aholi otishma qurboniga aylangan. «Moskva» kreyserida halok bo‘lgan rossiyalik harbiy xizmatchilar haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.
Vladimir Putinga yaqin biznesmen Yevgeniy Prigojin Donbassga keldi; U «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining egasi deb taxmin qilinadi. Meduza 17 aprel kuni urush zonasidan olingan asosiy fotosuratlarni jamladi.

Xarkov markazining o‘qqa tutilishi vaqtida yashirinish uchun yugurayotgan ukrainalik askarlar. 17 aprel kuni shaharning turar joy hududlariga uyushtirilgan hujumda besh kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi yaralandi.
Foto: AP Photo

Xarkovdagi otishmalar paytida bunkerga yashiringan qizlar.
Foto: Sopa Images

Xarkov bombardimon qilinayotgan paytda qutqaruvchilar yaradorlarga yordam berishga urinmoqda.
Foto: AP Photo

Shaharning o‘qqa tutilishi.
Foto: Reuters

Hujum paytida halok bo‘lgan tinch aholi vakilining jasadi.
Foto: EPA

Borodyankadagi vayron bo‘lgan binolar fonida Ukraina bayrog‘i.
Foto: AFP

Bucha rayonidagi Mikulichi posyolkasi aholisi choy tayyorlamoqda. Ularning uyida 40 kundan ortiq vaqtdan buyon elektr, suv va gaz yo‘q.
Foto: AP Photo

Vayron qilingan binolar orasida iti bilan ketayotgan mahalliy aholi vakili. Volnovaxa, Donetsk viloyati.
Foto: «Kommersant’»

Shahar ko‘chalaridan biridagi qabrlar. Rubijnoy, Lugansk viloyati.
Foto: «TASS»

Mariupoldagi ko‘chada tinch aholining jasadlari.
Foto: Reuters

Rossiya armiyasi va o‘zini o‘zi respublika deb e’lon qilgan Donetsk harbiy politsiyasining harbiy texnikalar karvoni, Mariupol.
Foto: «Kommersant’»

Chechenlarning «Ahmad» bataloni jangchilari Ilich nomidagi Mariupol metallurgiya kombinati hududida. Rossiya Mudofaa vazirligi kombinat «ukrain millatchilaridan butkul tozalangani» haqida ma’lum qilgan.
Foto: «TASS»

Mahalliy aholi vakili turar-joy binosi vayronalari ichidan narsalarini qidirmoqda, o‘t o‘chiruvchilar unga yordam beryapti.
Foto: Zuma press

Urush vaqtida yonib ketgan avtomobillar uyumi. Irpen, Kiyev viloyati.
Foto: EPA

Buchadagi ommaviy qabrda eksgumatsiya qilinayotgan jasad.
Foto: AP Photo

Zaporoje temir yo‘l stansiyasidagi ona-bola.
Foto: AFP “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar