15:50 / 19.04.2022
1 385

Lavrov Ukrainadagi «maxsus operatsiya»ning yangi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi

Lavrov Ukrainadagi «maxsus operatsiya»ning yangi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi
Foto: Global Look Press
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov India Today telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaga qarshi «maxsus operatsiya»ning navbatdagi fazasi boshlanganini ma’lum qildi. Intervyudan parchalarni «Interfaks» tomonidan e’lon qilingan.

«Ushbu operatsiya davom etmoqda. Operatsiyaning navbatdagi fazasi hozirda boshlanmoqda. Ishonchim komilki, bu butun maxsus operatsiya uchun muhim lahza bo‘ladi», — deydi vazir. Lavrovning aytishicha, maxsus operatsiya «Donetsk va Lugansk Respublikalarini to‘liq ozod etishga» qaratilgan.

Rossiya TIV rahbarining ma’lum qilishicha, mamlakat maxsus operatsiya davomida yadroviy quroldan foydalanish niyatida emas. «Rossiya Ukrainada yadroviy quroldan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti, gap oddiy qurollanish haqida ketmoqda», — deydi Lavrov.

Sergey Lavrovning intervyusini to‘liq versiyasi hozircha e’lon qilinmagan. India Today telekanalining sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida intervyudan parchalar joylashtirilgan.

Ukrainadagi urush vaqtida Rossiya yadroviy quroldan foydalanishi mumkinligiga oid savollar bir necha bor paydo bo‘ldi. Fevral oxirida, urush boshlanganidan bir necha kun o‘tgach, Rossiya prezidenti Vladimir Putin turli ballistik raketalarni o‘zida jamlagan to‘xtatuvchi kuchlarni maxsus shay holatga keltirishni buyurgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevral kuni Ukrainada «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi. U o‘z maqsadlarini Ukrainani demilitarizatsiya qilish va Donbass aholisini «genotsid»dan himoya qilish deb atadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov Ukrainadagi «maxsus operatsiya»ning yangi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi