19:19 / 20.04.2022
1 590

Peskov: Ukrainaga Rossiya hujjati loyihasi topshirildi

Peskov: Ukrainaga Rossiya hujjati loyihasi topshirildi
Rossiya Ukrainaga aniq ifodalar yozilgan hujjat loyihasini taqdim etdi va javobini kutyapti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Kreml vakili Ukraina tomoni ilgari kelishilgan pozitsiyalardan doim chetga chiqayotgani, ularni hamisha o‘zgartirayotganini ta’kidladi. Bu o‘z navbatida muzokaralarning samaraligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Hozir Ukraina tomoniga aniq ishlab chiqilgan ifodalarni o‘z ichiga olgan bizning loyihamiz topshirilgan. To‘p ular tomonda, javob kutyapmiz”, - dedi Peskov.

Shuningdek, u javob muddati Kiyevga bog‘liqligini qayd etdi, chunki ular muzokaralar jadal olib borilishiga befarqlik bilan qarashmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov: Ukrainaga Rossiya hujjati loyihasi topshirildi