16:11 / 23.04.2022
1 214

Denis Shmigal: Mariupolda yuz yillikning eng yirik gumanitar halokati yuzaga keldi

Denis Shmigal: Mariupolda yuz yillikning eng yirik gumanitar halokati yuzaga keldi
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Mariupoldagi vaziyatni "eng yirik gumanitar halokat" deb baholadi.

Shmigal shu haftada Ukraina delegatsiyasi tarkibida Vashingtonga tashrif bilan keldi. U davlat kotibi Entoni Blinken va bir qator vazirlar bilan muzokara o‘tkazadi. Shmigal Rossiya bosqini boshlangandan buyon AQSHga kelgan eng yuqori martabali Ukraina vakili bo‘ldi.

Ukraina hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev urushni yakunlashni istaydi. “Bu bizning pozitsiya. Biz o‘z ozodligimiz, demokratiya va hududlarimiz uchun kurashyapmiz”, – deb qo‘shimcha qilgan u.

Shmigal Mariupolda minglab odamlar halok bo‘lganini qayd etdi. “Shahar rus qo‘shinlaridan ozod qilingandan so‘ng dahshatli jinoyatlar oqibatini ko‘ramiz”, – degan bosh vazir.

Siyosatchining ta’kidlashicha, Rossiya harbiylari barcha narsa, xususan, tinch aholi vakillari yashaydigan uylarni vayron qilmoqda.

21 aprel kuni RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu Vladimir Putinga Mariupol egallanganini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Denis Shmigal: Mariupolda yuz yillikning eng yirik gumanitar halokati yuzaga keldi