Dunyoning qator mamlakatlarida tarqalayotgan noma’lum infeksiya bolalarning jigariga jiddiy ziyon yetkazayotgani haqida xabar qilingandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuni kecha bo‘lib o‘tgan brifingda ushbu xavfli xastalik yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur virusning belgilari ham, asoratlari ham gepatitniki bilan juda o‘xshash. Ammo tekshiruvlarda u gepatitning hech bir, ya’ni A, B, S, D va E turlariga mansub emasligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirgacha bu xastalikka chalingan bolalar soni Buyuk Britaniyada 114, Ispaniyada 13, AQSHda 9, Daniyada 6, Irlandiyada 5, Isroilda 2 nafarni tashkil etmoqda. Niderlandiya va Italiyada ham 4 nafardan o‘g‘il-qizda infeksiya aniqlandi. Qolaversa, Fransiya va Norvegiyadan ikki nafardan, Belgiya hamda Ruminiyada esa bir nafardan bemorda virus qayd etildi.
Tahlillarga ko‘ra, bemorlar orasida bir oylik chaqaloqdan 16 yoshli o‘cmirlargacha bor. Eng yomoni, ulardan bir nafari kasallik asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
Umuman, hozir infeksiyani yuqtirganlarning o‘n foizi hayoti jiddiy xavf ostida. Ularda tezkor jigar transplantatsiyasi o‘tkazish talab etilmoqda.
JSSTning bayonotida xastalik qorin og‘riqi, diareya, qayt qilish singari alomatlar bilan namoyon bo‘layotgani aytiladi. Aksariyat hollarda yuqori tana harorati kuzatilayotgani yo‘q.
Ammo dastlabki tahlillarga ko‘ra, 74 nafar bemor bolada adenovirus asoratlari kuzatilgan. Shunga qaramay, mutaxassislar kasallikning kelib chiqishi qaysidir turga mansub mavjud viruslar bilan bog‘liq, degan aniq xulosani aytishga shoshilgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi