Foto: Anadolu Agency
AQSH prezidenti Jo Baydenning Usmoniylar davlatida 1915 yilda yuz bergan voqealar to‘g‘risidagi bayonoti tarixiy voqelikka zid, chalkash va yolg‘on ma’lumotlarga asoslangan hamda Anqara uchun hech qanday ahamiyatga ega emas, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.
«Janob Bayden armanlar bilan bog‘liq tarixni yaxshiroq o‘rganishi va bilishi kerak. Biz uning bu tarixni bilmasdan turib Turkiyani ayblashga urinishini kechira olmaymiz», - dedi u.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Baydenning 1915 yildagi voqealar bo‘yicha so‘zlari e’tiborga molik emas, chunki bu so‘zlar mutlaqo yolg‘on va asossiz ma’lumotga asoslangan.
«Armanistonning, aytish mumkin bo‘lsa, turli mamlakatlarning hukumat va parlamentlari tomonidan tan olingan da’volari bo‘yicha bayonotlar biz uchun hech qanday kuchga ega emas», - dedi Turkiya prezidenti.
U shuningdek, Anqara Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizoni tinch yo‘l bilan hal qilishga urinayotganiga to‘xtalib o‘tdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi