
Foto: «TASS»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2022—2031 yillarni «ilm-fan va texnologiyalar o‘n yilligi» deya e’lon qildi. Bu borada tegishli qaror huquqiy axborot portalida e’lon qilingan.
Qarorda o‘n yillikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- iqtidorli yoshlarni ilmiy izlanishlarga jalb etish;
- jamiyat va mamlakat taraqqiyotining eng muhim vazifalarini hal qilishda tadqiqotchilar va ixtirochilarni jalb qilishga ko‘maklashish;
- Rossiya fuqarolari uchun rus ilm-fanining yutuqlari va istiqbollari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlash.
Qarorga muvofiq dasturning asosiy bosqichlarini nazorat qiladigan maxsus Muvofiqlashtiruvchi qo‘mita tuziladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil ham Rossiyada «ilm-fan va texnologiya» yili deb e’lon qilingan edi.
Rossiya PrezidentiIlm-fan YiliTexnologiyalar O‘n YilligiIqtidorli YoshlarJamiyat TaraqqiyotiTadqiqotchilar Jalb qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar