Foto: Getty Images
Avvalroq dunyoning eng boy odami Ilon Mask Twitter’ni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Bu IT tarixidagi eng yirik bitim bo‘ldi.
84 milliondan ortiq obunachisi bor bo‘lgan Mask Twitter’ni «insoniyat kelajagi uchun muhim masalalar muhokama qilinadigan raqamli maydon» deb ta’riflaydi. Tadbirkorning aytishicha, u kompaniya salohiyatini ochishni maqsad qilib qo‘ygan.
Bitim 2006 yilda do‘stlar uchun qisqacha e’lonlar almashish xizmati sifatida tashkil etilgan Twitter uchun muhim burilish nuqtasi bo‘ldi.
Hozir Twitter siyosatchilar, taniqli shaxslar, jurnalistlar va tashkilotlarning bir-biri bilan bog‘lanib, muhokama qiladigan maydonga aylandi.
Twitter haqida uchta raqam
- 5,08 milliard dollar — 2021 yildagi daromad;
- 217 million — kunlik foydalanuvchilar soni;
- 54,20 dollar — bitim doirasida har bir aksiya narxi.
Mask o‘zi uchun yangi dunyoga kirdi. Bir necha yildirki, so‘zning chegaralari qayerda, kim uni buzishi mumkinligi haqida tortishuvlar olib borilmoqda. Twitter bu jarayonning markazida. Kompaniya bilan ko‘plab shov-shuvli holatlar bog‘liq, masalan, sobiq AQSH prezidenti Donald Trampning bloklanishi.
Mask bitimdan keyin sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni sanab o‘tdi: cheklovlarni olib tashlash, tvitlarni tahrirlashga ruxsat berish, botlarga qarshi kurashish.
Tadbirkor, shuningdek, kompaniyaning San-Fransiskodagi bosh qarorgohini uysizlar boshpanasiga aylantirish bo‘yicha noan’anaviy taklif bilan chiqdi.
Xarid Twitter’ning reklama modeli haqida ham savollar tug‘diradi. Mask kompaniyani daromad olish uchun sotib olmasligini ta’kidlagan, biroq kompaniya xodimlarga maosh to‘lash uchun qandaydir tarzda pul topishi kerak.
Twitter asoschisi Jek Dorsi bitimni qo‘llab-quvvatlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Mask Twitter’ni Uoll-strit qo‘liga o‘tishining oldini oldi va aynan shu Ilonga kompaniya taqdirini ishonib topshirishga tayyorligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi