
Foto: Aleksandr Demyanchuk/TASS
Ukrainadagi vaziyatga tashqaridan aralashishga urinilgan taqdirda javob zarbalari yashin tezligida beriladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
Putin Rossiya hozirda boshqa hech kim maqtana olmaydigan vositalarga egaligini ta’kidladi.
"Biz maqtanib o‘tirmaymiz. Agar zarur bo‘lsa, ulardan foydalanamiz. Buni hamma bilishini istardim", — dedi u.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu masalada barcha qarorlar qabul qilib bo‘lingan.
“Agar kimlardir sodir bo‘layotgan voqealarga tashqaridan aralashishni ko‘zlayotgan bo‘lsa, bilib qo‘yishsin – ular bizga strategik tusda xavf uyg‘otgan bo‘ladi”, — dedi Putin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar