Foto: Gates Notes
Microsoft asoschisi Bill Geyts o‘zining Gates Notes blogida an’anaviy rubrika asosida kitob tavsiyalari berib boradi. Bu safar u yozgi ta’tilda o‘qish uchun 5 ta kitob tavsiya qildi.
2022 yil yozi uchun tavsiya qilingan kitoblar gender tengligi, siyosiy qutblanish, iqlim o‘zgarishi va hayot hech qachon yoshlar o‘ylagandek bo‘lmasligi haqidagi haqiqatlar haqida.
Bill Geytsning o‘zi ta’kidlaganidek, bu mavzularni ta’tilda o‘qish juda qiyin. Biroq uning fikricha, mualliflar murakkab mavzular mohiyatini tushinarli tilda yoritib bera olgan.
The Power, Naomi Alderman
"Kuch" — Naomi Aldermanning ilmiy-fantastik asari. Kitob o‘z tanasi orqali elektr toki chiqarib, u bilan zarba berish qobiliyatiga ega bo‘lgan ayollar haqida.
Geyts ushbu kitobni o‘qib chiqqach, AQSHda va butun dunyoda gender masalalari bilan shug‘ullanadigan odamlarga katta minnatdorchilik bildirganini ta’kidlaydi.
Why We’re Polarized, Ezra Klein
«Nega biz qutblanganmiz» — bu kitobda muallif AQSHdagi siyosiy qutblanishni tahlil qiladi. Geytsning so‘zlariga ko‘ra, kitob Qo‘shma Shtatlarda haqiqatda nimalar bo‘layotgani, mamlakat ichida ma’lum kuchlar qanday rivojlangani va zamonaviy siyosat nega tortishuvga aylanganini tushunish uchun juda muhim.
The Lincoln Highway, Amor Towles
«Linkoln shossesi» — kitobning asosiy qahramonlari — onalarini topish uchun Nebraskadan Kaliforniyaga haydashga harakat qilayotgan ikki aka-uka. Voqea 1954 yilda sodir bo‘ladi. Muallif kitobxonlarga uzoq safarga turli nuqtai nazardan qarash imkoniyatini beradi.
The Ministry for the Future, Kim Stanley Robinson
«Kelajak vazirligi» — bu iqlim o‘zgarishi haqidagi kitob. Mavjud tendensiyalarga asoslanib, muallif yaqin kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan voqealar haqidagi tasavvurini yoritadi. Asar barcha sohalarni qamrab oladi: iqtisodiyot, siyosat, texnologiya, ekologiya. Muallif voqealar yakuniga qadar optimist bo‘lib qoladi va insoniyatni qutqarish yo‘lini topadi.
How the World Really Works, Vaclav Smil
«Dunyo haqiqatan qanday ishlaydi» — bu kitobda kanadalik iqtisodchi va ekolog Vaslav Smil inson hayotini global iqtisodiyot bilan bog‘laydigan muammolarni axborotni boshqarish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Geytsning so‘zlariga ko‘ra, Smilning kitobi inson hayoti qanday kuchlar ta’sirida shakllanayotgani haqida bilishni istaganlar uchun ajoyib materialdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi