Foto: Pinterest
Necha yoshda bo‘lishdan qat’i nazar ajoyib ko‘rinishni xohlaysizmi? «Noviy ochag» nashri bu borada foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.
Pista
Barcha odatiy urug‘larda ko‘p miqdorda E vitamini mavjud bo‘lib, organizmning hujayralarini yo‘q qilishdan himoya qiladi. Xuddi yong‘oq kabi, lekin pista nisbatan arzonga tushadi. Agar muntazam ravishda pista va yong‘oqlarni iste’mol qilinsa, sog‘lom, yosh teriga ega bo‘lish va yurak xastaligi xavfini kamaytirish mumkin. Ularni oddiygina salat, sho‘rva va nonlarga qo‘shib, iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Bulg‘ori qalampiri
Agar har kuni yangi bulg‘ori qalampiri iste’mol qilinsa (shuningdek, olma yoki apelsin kabi C vitaminini o‘z ichiga olgan boshqa mahsulotlar), organizmdagi kollagen ishlab chiqarishni oshadi. Natijada nafaqat elastik, yosh teri va sochlarga, balki sog‘lom bo‘g‘imlarga va umurtqa pog‘onasiga ham ega bo‘lish mumkin. Chunki kollagen organizmdagi barcha biriktiruvchi to‘qimalar uchun javobgardir.
Ko‘katlar
Bargli va achchiq ko‘katlar nafaqat C vitaminini o‘z ichiga oladi, balki teri hujayralarini namlikni yo‘qotishdan va qurib ketishdan himoya qiluvchi lutein va zeaksantin kabi karotenoidlarni ham ta’minlaydi. Ko‘katlardan qanday foydalanishni hamma biladi, lekin yana bir ajoyib g‘oya: ko‘katlarni blenderda sabzavot sharbatlari, kefir yoki yogurt bilan maydalab, uni kokteyl sifatida ichish mumkin.
Qo‘ziqorin
Qo‘ziqorin terini zararli ultrabinafsha nurlaridan va qarishdan himoya qiluvchi ko‘p miqdorda selenni o‘z ichiga oladi. Ularni qaynatilgan yoki qovurilgan past kaloriyali garnir sifatida yoki salatlarga mazali qo‘shimcha tarzida tanovul qilish mumkin.
Dengiz mahsulotlari
Dengiz mahsulotlari immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun muhim mineral bo‘lgan ruxga boy. Yaxshi immunitet ham terini yallig‘lanish va infeksiyalardan himoya qiladi. Rux barcha dengiz mahsulotlarida istisnosiz mavjud.
Qulupnay
Yaxshi xabar shundaki, hatto muzlatilgan qulupnayda ham teri hujayralarini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan C vitamini va flavonoidlar mavjud. Shuning uchun, mavsumdan qat’i nazar, butun yil davomida undan iste’mol qilish mumkin.
Mango
Mango beta-karotinga boy bo‘lib, terini tiklaydi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Beta-karotin miqdori bo‘yicha ikkinchi o‘rinda ham xom, hamda pishirilgan holda iste’mol qilinadigan shirin kartoshka turadi. Uchinchi o‘rinda bolalikdan hammaga tanish bo‘lgan sabzi.
Tuxum
Tuxumda lutein mavjud bo‘lib, u terini nam va elastik saqlashga yordam beradi. Qaynatilgan yoki qovurilgan tuxum iste’mol qilishdan qat’i nazar, ushbu element to‘liq qabul qilinadi. Lekin uni kokteyllarda yoki boshqa usulda qabul qilmagan yaxshiroq. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
U-17 Jahon chempionatida Osiyodan 9 ta jamoa! Bu qanday bo‘ladi?
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi