Burjlar haqida. Qo‘y (19 mart - 21 aprel)
Ramzlari: bug‘u, qo‘y, qizg‘ish-sarg‘ish va yashil kvadratlar.
Ranglari: och qizil, to‘q sariq, zangori, to‘q qizil, barcha yaltiroq ranglar (binafsha rang – omadsiz rang).
Toshlari: olmos, qizil, yoqut (la’l), ametist, krovavin, yaltiroq tosh, akvamarin, zumrad.
Gullari: do‘lana, qarg‘atuyoq, no‘xatgul, binafsha, bo‘tako‘z.
Omadli raqamlari: 4, 7, 9, 11.
Omadli kunlari: seshanba, yakshanba.
Omadsiz kunlari: juma, shanba.
Omadli munosabatlari: Javzo va Qavs o‘zlarining xotirjamligi va falsafasi bilan Hamalni yo‘lga soladilar, Dalv va Mezonga esa ko‘proq jismoniy moyillik his qiladi.
Omadsiz munosabatlari: Jadiy, Saraton, Hut, Aqrab, Sumbula va Savr bilan munosabatlari sovuq.
21-30 mart oralig‘ida tug‘ilgan qo‘y burji vakillarini Mars sayyorasi boshqaradi. Ular doimo ruhiy tajang holda yuradi. Barcha tashvishlarni unutib, bemalol hordiq chiqara olmaydi. Buyuk shuhratparast. Ba’zan qo‘rqmasligi tentaklik darajasigacha boradi. O‘zining haqligiga butunlay ishonadi. Maqtanchoqligi va takabburligining sababi shunda. Kuchli iroda sohibi. Qiyinchiliklarga va g‘animlarning hujumlariga sabot bilan qarshi tura oladi. Hayot – uning uchun bepoyon jang maydoni.
Muhim yillari: 15, 30, 45, 75.
31 mart – 9 aprel oralig‘ida tug‘ilgan qo‘y burji vakillarini Quyosh boshqaradi. Ular jahldor va jangari. Har qanday vaziyatda ham boshqalar e’tiborini o‘ziga qaratishni istaydi. Tavakkal qilishdan qo‘rqmaydi. Ko‘pincha oqibatini o‘ylamasdan harakat qiladi. Ehtirosli. Har qanday masalani yo‘l-yo‘lakay, bir hamla bilan hal qiladi.
Mag‘lub bo‘lgan raqiblariga nisbatan himmatli, kechirimli. Sportga moyil. Boshqalarga g‘amxo‘r, mehribon. Diplomatik, siyosatchilik va sarkardalik iqtidoriga ega. Kuyish jarohati, tan jarohati olishdan ehtiyot bo‘lishi kerak.
Muhim yillari: 15, 19, 30, 35, 45, 57, 60, 76.
10-20 aprel oralig‘ida tug‘ilgan qo‘y burji vakillarini Venera sayyorasi boshqaradi. Ular ta’sirchan. O‘zini boshqalar sevishini va tushunishini juda xohlaydi. Eskicha qoliplarni, qarashlarni engib o‘tishga qodir. His-tuyg‘ularini oshkora ifoda etadi. Xususiy mulkchilik tuyg‘usi kuchli, o‘ta rashkchi.
O‘tkir, o‘ziga xos aql sohibi. Muomalaga usta. Tabiatan yumshoq, ammo hissiy lazzatlanishni yoqtiradi. Istarasi issiq, go‘zal va maftunkor. Har qanday kishini o‘z tarafiga og‘dira oladi.
Muhim yillari: 15, 30, 36, 40, 60, 66. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing