12:20 / 17.04.2016
41 168

Qo‘y burjining boshqa burjlar bilan qanchalik mosligi haqida

Qo‘y burjining boshqa burjlar bilan qanchalik mosligi haqida
Ayol. Hayotda ham, ishq-muhabbatda ham ketidan yugurtirishni yoqtiradi. Befarqlik bilan uning jig‘iga teging, shunda marra Sizniki bo‘ladi. Ular qattiqqo‘l, sovuqqon erkaklarni yoqtirishadi. Ayol-qo‘y o‘ta rashkchi. Sevgani – go‘yo xususiy mulki. Uning g‘ururini sindirmang.

Erkak. O‘n ikki burjdan hech biri Qo‘y erkak kabi sevgiga sadoqatli emas. Tabiatan vijdonli bo‘lib, hech qachon ayoliga xiyonat qilmaydi. O‘taketgan talabchan, xudbin. Lov etib yonadiyu, tezda o‘chadi. Uning alangalanishidan ko‘ra sovuqligi dahshatli.

QO‘Y – QO‘Y: Bunday juftlikda Qo‘y-ayol ustun bo‘lishga harakat qiladi. Ammo Qo‘y-erkak bunga ko‘p chidamaydi. Ikkalasi ham lider bo‘lishga harakat qiladi. Oqibatda ko‘p janjal bo‘ladi. Munosabatlarning boshida hammasi yaxshi bo‘ladi, ammo oila uchun davomi yaxshi bo‘lmaydi.

QO‘Y – BUZOQ: Munosabatlarda Qo‘y ko‘proq hissiyotlarga e’tibor beradi. Buzoq esa amaliy xarakterga ega. Agar Buzoq Qo‘yga o‘zi ish tutishiga imkoniyat bersa, o‘rtalarida yaxshi munosabatlar boshlanishi mumkin. Munosabatlarda ko‘p tortishuvlar bo‘ladi, shuning uchun ularning munosabati uzoq davom etmaydi.

QO‘Y – EGIZAKLAR: Bularning munosabatlari juda yaxshi va ajoyib bo‘ladi, chunki ikkalasi ham aktiv harakatlarga ega. Egizaklar Qo‘yning xarakteriga chidab kelsa, shunda munosabatlar yaxshi bo‘ladi. Oila yaxshi va mustahkam bo‘lishi mumkin

QO‘Y - QISQIChBAQA: Boshlanishdagi issiq munosabatlar asta-sekin kuchini yo‘qotadi. Bular ko‘p janjallashadi, chunki tushunmovchiliklar kam emas. Oila qurish bularga oson emas, qurganda ham vaqt o‘tib buzilib ketishi mumkin.

QO‘Y – ARSLON. Ular bir-biriga to‘g‘ri keladi, chunki ikkalasi ham jismonan bir biriga tortiladi. Ikkalasining ham xarakteri ehtirosli. Ammo Qo‘yning xarakterida ustunlik bor, Arslon ham buyruq berishni yoqtiradi. Shu sababdan kelishmovchilik va tushunmaslik ro‘y beradi. Lekin ularning jismoniy o‘xshashligi barcha muammolardan ustun bo‘ladi. Shuning uchun ushbu ikki burj baxtli oila qurishi mumkin.

QO‘Y – SUNBULA: Sunbulaga avvaliga Qo‘yning badjahlligi yoqishi mumkin. Qo‘y sarguzashtlarni yoqtiradi, Sunbulaga esa jiddiy va oddiy munosabatlar kerak. Sunbula ko‘proq suhbatni yoqtiradi, Qo‘y esa harakatni. O‘rtalarida munosabat bo‘lishi qiyin.

QO‘Y – TAROZI: Qo‘y doimo harakatda bo‘lib, xarakteri aktiv. Tarozi esa muloyimroq va tinchroq. Xarakterlari temperamenti bo‘yicha bir biridan farq qilganlari uchun o‘rtalarida ko‘p tortishuv va janjal bo‘lishi mumkin. Bunga qaramasdan munosabatlari yaxshi ketishi mumkin, baribir oila qurish qiyin bo‘ladi.

QO‘Y – ChAYoN: Juda noustuvor juftlik. Chayon o‘ta rashkchi, Qo‘y esa erkinlikni yaxshi ko‘radi. Ikkalasi ham xudbin. Munosabatlar boshlanishida bir biriga kuchli tortilishi mumkin. Lekin ikkalasining xudbinligi bularni ajratadi. Munosabatlari juda qisqa vaqt davom etadi.

QO‘Y – QAVS: Bir biriga to‘g‘ri keladi, ammo bularning olovli xarakterlari bir birini kuydirishi mumkin. Ikkinchi tomondan bahs va kelishmovchilik tezda o‘tib ketadi. Birga bo‘lish ikkalasiga ham yoqadi. Ikkalasining ham do‘stlari ko‘p. Dunyoqarashlari ham to‘g‘ri keladi. Ikkalasi ham aktiv dam olishni va sportni yaxshi ko‘radi. Agar bir birini tushunib ko‘p tortishmasa, munosabatlari ham oilasi ham yaxshi bo‘ladi.

QO‘Y – TOG‘ EChKISI: Ikkalasi ham jiddiy xarakter egasi. Bu ikkala kuchli burjlar o‘rtasida ko‘p bahs bo‘ladi. Ko‘p tortishuvlar bo‘ladi. Munosabatlar bo‘lishi mumkin, ammo oilada bularga qiyin bo‘ladi.

QO‘Y – DALV: Bu ikkalasi bir biri bilan zerikmaydi. Lekin birontasi ham undan uctunlik qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Munosabatlarda kuchli Qo‘y ustun bo‘ladi. Chiroyli munosabatlar uchun va kelajakda oila qurish uchun imkoniyat bor.

QO‘Y – BALIQ: Munosabatlarda Qo‘y Baliqning barcha ichki talantlarining ochilishiga yordam beradi va Qo‘y munosabatlarda ustun bo‘ladi. Baliqqa esa bunday holat yoqadi. Ammo ba’zi tomonlarda Qo‘y ko‘p tanqid qiladi, Baliq esa tanqidni og‘ir qabul qiladi. Agar bu ikkalasi ba’zi qiyinchiliklardan o‘ta olsa, uzoq davom etadigan munosabatlarga erishishlari mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Qo‘y burjining boshqa burjlar bilan qanchalik mosligi haqida
[/banner_pushhouse