Sunbula (24 avgust – 23 sentyabr)

Ramzlari: sunbula, kub.
Ranglari: oq zangori, ko‘k, binafsharang.
Toshlari: nefrit, serdalin, aqiq, yashma, topaz, marmar.
Gullari: qo‘qongul, tuyatovon, lolaqizg‘aldoq.
Omadli raqamlari: 3, 5, 6, 12, 20, 27.
Omadli kuni: chorshanba.
Omadsiz kunlari: payshanba, juma.
24 avgust - 2 sentyabr oralig‘ida tug‘ilgan sunbula burji vakillarini Quyosh boshqaradi. Ular uzoq umr ko‘radi. O‘ta kamtar, uyatchan. Qo‘li gul usta. Ancha-muncha narsa yasay oladi. Matematikaga qobiliyati nihoyatda kuchli. Mohir tashkilotchi. Intellektual salohiyati kuchli. Har qanday vaziyatni oldindan ko‘ra oladi. Harakatchan. Safar va sayohatlarga chiqishni yaxshi ko‘radi. Boshqalar bilan oson tanishib, tez til topishadi. Pulni oson topib, tez sarflaydi.
3-12 sentyabr oralig‘ida tug‘ilgan sunbula burji vakillarini Venera boshqaradi. Ular tejamkor, ammo ziqna emas. Mehnatsevar, intizomli, o‘z xatolarini tan olib, tuzatadi. Har qanday vaziyatda o‘ta sabr-toqatli va irodali ekanligini namoyish qiladi. Romantik sarguzashtlarga o‘ch. Hayotda chiroyli narsalarni, ayniqsa, taqinchoqlarni yaxshi ko‘radi. Tashqi jihatdan hamisha chiroyli ko‘rinadi. She’riyatga va musiqaga iqtidori bor. Istarasi nihoyatda issiq.
13-23 sentyabr oralig‘ida tug‘ilgan sunbula burji vakillarini Merkuriy boshqaradi. Ular mexanika, moddiy ob’ektlar bilan bog‘liq serqirra iqtidor sohibi. Toshtaroshlikdan tortib atom reaktorlari yasashgacha qo‘lidan keladi. Kashfiyotlar qila oladi. O‘ziga xos fikrlaydi. Ilm-fanda, pedagogika, dastur yaratish, tibbiyot sohalarida ulkan yutuqlarga erishadi. Oilaviy hayotda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Hamisha ham munosabatlarini jiddiy, his-tuyg‘ularini chuqur, samimiy deb bo‘lmaydi. O‘z fikrini aniq, dalil-isbotlar bilan bayon eta oladi. U dilkash hamsuhbat, talantli jurnalist bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing