Yoy (O‘qotar) (23 noyabr – 21 dekabr)

Ramzlari: kentavr (afsonaviy yarim odam, yarim ot maxluq), o‘qchi, yulduz, hassa (podshohlik alomati), ko‘tarilgan ko‘rsatkich barmoq.
Ranglari: ko‘k, zangori, binafsharang, to‘q qizil.
Toshlari: feruza, topaz, ametist, xrizolit, opal, la’l, sapfir, zumrad, aqiq.
Gullari: chinnigul, atirgul, xrizantema.
Omadli raqamlari: 3, 4, 9.
Omadli kuni: payshanba.
Omadsiz kuni: chorshanba.
23 noyabr - 1 dekabr oralig‘ida tug‘ilgan yoy burji vakillarini Merkuriy boshqaradi. Mustaqillik ularning fe’lidagi eng asosiy xususiyat. Har qanday cheklovga tish-tirnog‘i bilan qarshi. Tez fikrlaydi. Matematikaga qobiliyatli. Tahlil qilish xususiyati kuchli. Qo‘li gul. Boshqalarni qonun yordamida himoya qilishga o‘zida ehtiyoj sezadi. U ajoyib huquqshunos bo‘la oladi. Mulohazakor, xushmuomala, ehtiyotkor. Bir ko‘rishdayoq o‘ziga ishonch uyg‘otadi. Hech kimni xafa qilishga qodir emasdek tuyuladi. Mohir tashkilotchi, muzokaralar olib borishga usta. Savdo-sotiq, tadbirkorlik bobida omadli.
2-11 dekabr oralig‘ida tug‘ilgan yoy burji vakillarini Oy boshqaradi. Ularning tasavvuri benihoya rivojlangan. Ajoyib hikoyachi va xayolparast. Fe’li yumshoq va ochiq. Zo‘r ruhshunos. Odamlarni yupatib, qalb dardiga malham qo‘ya oladi. Mulohazakor. Gohida umidsizlikka beriladi. Hayotida ko‘plab o‘zgarishlar yuz beradi. Sirli voqealarga qiziqadi. O‘ziga ishonadi, kelajakka ishonch bilan qaraydi. Ajdodlarining udum va an’analarini hurmat qiladi. Atrofidagilarga hamisha yoqadi. Himmati baland. Doimo ayollarni himoya qiladi, ularga beg‘araz yordam beradi, homiylik qiladi.
12-21 dekabr oralig‘ida tug‘ilgan yoy burji vakillarini Saturn boshqaradi. Ular bukilmas iroda, o‘tkir aql sohibi. Katta miqdordagi moliyaviy mablag‘larni ham oqilona boshqara oladi. Muhim maxfiy ma’lumotlarni unga ishonib aytish mumkin. Qiyin vaziyatlardan chiqib ketish qobiliyatiga ega. Yoshi o‘tgan sayin fayzli bo‘lib boradi. Umrining ikkinchi yarmida obro‘-e’tibor qozonadi, to‘kinchilikka erishadi. O‘zini cheklay oladi, bilim doirasini doimo kengaytirib boradi. Oldiga uzoqqa mo‘ljallangan maqsadlar qo‘yib, ularga erishadi. Siyosat, yuristlik, ma’muriy faoliyat, rahbarlik sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing