08:21 / 12.10.2022
2 098

Organizmni yoshartiradigan mahsulotlar

Organizmni yoshartiradigan mahsulotlar
Mutaxassis organizmning qarish jarayonlarini sekinlashtiruvchi va har bir inson ratsionida bo‘lishi kerak bo‘lgan mahsulotlarni aytdi.

Teri va suyaklarga inson yoshini bildirib turadi. Shuningchun, yoshlikni saqlashda, teri salomatligida kollagen moddasiga boy mahsulotlar nihoyatda foydali. Bunda baliq go‘shtidan tayyorlangan sho‘rva iste’mol qilish yaxshi natija beradi.

Yong‘oqning salomatlik uchun foydali jihatlari ko‘p. Omega -3 moddasining ko‘pligi tufayli xotirani mustahkamlaydi. Shuningdek, yong‘oq tarkibida v6 vitamini bo‘lib, u kognitiv kasalliklardan himoya qiladi. Yurak-qon tomir tizimi salomatligi va miyada qon aylanishini yaxshi ta’minlaydi.

Funduk, yer yong‘oq, qovoq urug‘i, bodom rux moddasi manbai. U organizmning turli kasalliklarga qarshi kurashishiga yordam beradi.

Zarcho‘va (kurkuma) ziravori ham immunitetni mustahkamlaydi. Unda antioksidantlar ko‘p bo‘lib, ortiqcha vazn tashlashda ham foydali.

Stressdan xalos bo‘lishda jenshen o‘simligi ham yordam beradi. O‘simlikdan tayyorlangan damlama asab tizimini tinchlantiradi. Arterial qon bosimi, qonda shakar miqdorini me’yorlashtiradi.

Kalsiy - muhim moddalardan biri. Suyak va tishlar salomatligini saqlashdan tashqari, u yo‘g‘on ichak saratoni kasalligiga chalinmaslikda ham foydali. U sut mahsulotlari, ayniqsa - pishloqda ko‘p. Dukkaklilar, quruq mevalarda, funduk yong‘og‘i, xandon pistada yetarlicha miqdorda kalsiy bor.

Brokkoli, ismaloq va qora shokolad - magniy yetishmovchiligida juda foydali. Magniy moddasi uchun tabletkalar qabul qilish shart emas, shunchaki nut yong‘og‘i iste’mol qilinsa yetarli.

Shuningdek, hayvon go‘shtlari haqida unutmaslik lozim. Chunki inson organizmi uchun V12 vitaminida boshqa manbalar yo‘q. Buning uchun baliq, qizil baliq yeyish kerak. V12 vitamini immunitetni mustahkamlaydi, organizm to‘qimalarini yangilaydi, xotirani mustahkamlaydi va ko‘pgina kasalliklarning oldini oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Organizmni yoshartiradigan mahsulotlar