19:24 / 20.10.2022
1 608

Sovuq ob-havoda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan 5 ta mahsulot

Sovuq ob-havoda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan 5 ta mahsulot
Foto: Marie Claire
Sovuq ob-havoda hatto eng sevimli mahsulotlar ham dushmanga aylanishi mumkin, bu organizm bilan bog‘liq. Kuz-qish mavsumida organizm «kengaytirilgan energiya tejash» rejimini yoqadi, chunki yetarli miqdorda quyosh nuri va issiqlik manbalari bo‘lmaydi. Oziq-ovqat mahulotlari esa issiqlikni saqlash va o‘zini yetarli miqdorda ozuqa moddalari bilan ta’minlashning eng maqbul usullaridan biridir. Ammo shunchaki sovuqda rad etish yaxshiroq bo‘lgan mahsulotlar bor. Marie Claire nashri ushbu mavsumida ratsiondan chiqarish tavsiya etiladigan mahsulotlar nomini ma’lum qildi.

Yarim tayyor va fastfud mahsulotlari

Sovuq mavsumda yuqori kaloriyali, lekin ozuqaviy qiymati past bo‘lgan mahsulotlar haqiqiy zarardir. Bunday oziq-ovqat mahsulotlari organizm uchun juda past samaradorlikka ega: ularni iste’mol qilish orqali bo‘sh kaloriyalarni hamda foydali moddalarni minimal darajada olish mumkin.

Gap «oziq-ovqat chiqindilari» deb ataladigan narsa haqida ketmoqda — u barcha fastfud taomlarni, yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlarni (chips, kartoshka fri, kolbasa, sosiska) o‘z ichiga oladi. Bunday mahsulotlarni oddiyroq, ammo ozuqaviy jihatdan qimmatli kombinatsiyalar bilan almashtirgan yaxshiroq.

Yaxna taomlar

Gazpacho, okroshka kabi sovuq sho‘rvalar ovqat hazm qilishni susaytiradigan ovqatlardir. Albatta, yozda ularni iste’mol qilish ayni muddao, lekin qishda organizmni sovishiga olib kelmaydigan taomlarni tanovul qilish tavsiya etiladi.

Mavsumiy bo‘lmagan mahsulotlar

Mavsumiy meva va sabzavotlarni ratsionga kiritish tavsiya etiladi. Qishda ularni muzlatilganlari bilan almashtirish mumkin. Misol uchun, sovuq mavsumda yangi uzilgan qorag‘atlarni topish qiyin, ammo muzlatilganlari foydali xususiyatlarini va ta’mini saqlab qoladi. Yoki karamning barcha turlari: oq va qizil karam, brokkoli, gulkaram va Bryussel karamlari muzlatilgan holatda ham foydali xususiyatlarini mukammal darajada saqlaydi.

Shakarga boy mahsulotlar

Bir qarashda, shirinlik bilan sovuq mavsum bir-biriga juda mos keladigandek tuyulishi mumkin, chunki yilning shu davrida organizmga qo‘shimcha energiya kerak. Shu bilan birga, shakarni ortiqcha iste’mol qilish immunitetni pasaytirishini ham bilib qo‘yish kerak. Shu tarzda har qanday kasallik xavfiga duchor bo‘lish hech gap emas.

Kuz va qish oylarida ratsionga kiritilgan shakarli mahsulotlarni kamaytirib, meva va rezavorlarni iste’mol qilgan ma’qul. Ularni iste’mol qilish orqali immunitet tizimiga virus hujumlarini yengishga yordam beradigan vitaminlar va antioksidantlar ega bo‘lish mumkin.

Spirtli ichimliklar

Bundan tashqari, ratsionda spirtli ichimliklar miqdorini kamaytirish kerak. Uning o‘zi juda yuqori kaloriya ekanligini unutmaslik lozim. Bundan tashqari, u metabolizmni sekinlashtiradi va ochlik tuyg‘usini kuchaytiradi, sovuqda ortiqcha ovqatlanish va vazn ortishi xavfini tug‘diradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sovuq ob-havoda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan 5 ta mahsulot