Bu mahsulot nafaqat terini qaritadi, balki bir qator xavfli kasalliklarga ham olib keladi.
Shakarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish qarishni tezlashishiga olib keladi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, britaniyalik olim Devid Gunn olti yuz kishining yuzini o‘rgangan. O‘rganish davomida ularning qondagi qand miqdorini o‘lchab, ishtirokchilarni to‘rt guruhga ajratgan.
Ma’lum bo‘lishicha, eng yosh teri bu qonida shakar darajasi eng past bo‘lgan odamlarda bo‘lgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, shakar qon tomirlariga zarar yetkazadi.
"Erkin radikallarning ishlab chiqarilishi qarishning asosiy aybdoridir. Antioksidantlar aralashuvisiz hujayralar ko‘p miqdorda o‘la boshlaydi", - deyiladi maqolada.
Teri quriydi, kichik ajinlar paydo bo‘ladi va hech qanday kosmetika mahsulotlari ularga bardosh bera olmaydi. Vaqt o‘tishi bilan teri yumshoqligi va elastikligini yo‘qotadi, ajinlar chuqurlashadi.
Shu bilan birga, maqolada shakardan butunlay voz kechish mumkin emasligi, faqat ma’lum mahsulotlarni iste’mol qilishni kamaytirish kerakligi, shuningdek, tabiiy shakarni o‘z ichiga olgan meva va guruchni diyetadan chiqarib tashlamaslik kerakligi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi