Foto: Marie Claire
Marie Claire nashri minimal sintetik mahsulotlardan foydalangan holda kiyimlarning yumshoqligi va yangiligiga qanday erishish mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
Sintetik konditsionerlar o‘z vazifasini yaxshi bajaradi, lekin ular atrof-muhitga va ba’zan organizm uchun zararli (ba’zi komponentlar allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin). Shuning uchun kiyimlarni yuvishdan keyin yumshoq qilishga yordam beradigan muqobil usullar haqida bilib oling.
Iste’mol sodasi
Foto: Marie Claire
Iste’mol sodasida konditsioner o‘rniga (1/2 chashka) mashinaga solish mumkin. Soda qattiq suvda mavjud bo‘lgan minerallarning ingibitori sifatida ishlaydi, shuning uchun ular kiyimga hech qanday zarar bermaydi. Bundan tashqari, iste’mol sodasi juda hamyonbop va ekologik toza vosita.
Sirka
Sirka ham iste’mol sodasi bilan bir xil xususiyatga ega. Biroq u ba’zi nozik matolarga zarar yetkazishi mumkin, shuning uchun ishlatishdan oldin uni kiyimning ko‘zga tashlanmaydigan joyida sinab ko‘rish tavsiya etiladi. Agar hamma narsa joyida bo‘lsa, konditsioner o‘rniga mashinaga bir stakan sirka quyish mumkin.
To‘plar
Foto: Marie Claire
Keraksiz kimyoviy moddalar qo‘shmasdan kiyimlarni yumshoq qilishning yana bir usuli — to‘plardan foydalanish. Ular kiyimlarni quritayotganda yumshatadi. Yagona ogohlantirish: bu usulni nozik matolar bilan ishlatmaslik kerak, chunki ularga zarar yetkazishi mumkin.
Qaynatilgan yoki filtrlangan suvda namlash
Vaqt bo‘lsa, kiyimlarni qaynatilgan yoki filtrlangan yumshoq suvda oldindan namlash mumkin. Keyin yuvish uchun kiyimlarni kir yuvish kukuni bilan birgalikda mashinaga solinadi, qaynatilgan yoki filtrlangan suvdan keyin qattiq minerallar matoga unchalik ta’sir qilmaydi. Bundan tashqari, yumshatilgan suvda namlash yuvish vositasidan kamroq foydalanish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi