Chiroyli va sog‘lom qomatga erishishda jismoniy mashqlardan so‘ng iste’mol qilinadigan mahsulotlar katta ahamiyatga ega. Sport murabbiyi Vladimir Kuzmin mashg‘ulotlardan so‘ng to‘g‘ri ovqatlanish haqida so‘zlab berdi.
Sportchilarning ta’kidlashlaricha, mashg‘ulotlar turidan qat’iy nazar, organizmni uglevodorodlarga to‘yintirish kerak.
“Anobolik oyna” atamasi tananing jismoniy faolligidan so‘ng oqsillar, yog‘lar va uglevodorodlarni tezroq hazm qiladigan muddatni bildiradi.
Soddaroq aytganda, bu mashg‘ulotlardan keyingi yengil tamaddi uchun qulay fursat. Bu mushaklarning buzilishini oldini oladi va moddalar almashinuvini me’yorlashtiradi.
Sport mashqlaridan so‘ng ovqatlanish zarur, chunki mashqlar payti organizmning yo‘qotgan quvvatini to‘ldirish lozim. Mashqlardan so‘ng 30-60 daqiqa keyin yengil tamaddi qilish ayni muddao.
Xo‘sh, qaysi mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul?
Bu mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsadga bog‘liq. Bu ortiqcha vazndan xalos bo‘lish yoki mushaklarni chiniqtirish bo‘lishi mumkin. Biroq, har bir shug‘ullanuvchi uchun zarur mahsulotlar:
- yog‘siz go‘sht;
- baliq;
- dengiz mahsulotlari;
- tuxum oqi (chunki tuxum sarig‘ida yog‘ va xolesterin ko‘p);
- guruch, grechka, suli;
- qora non;
- kraxmalsiz sabzavotlar - karam, pomidor, bodring, salat bargi.
Uzoq davom etadigan mashg‘ulotlardan so‘ng iste’mol qilish uchun ideal mahsulot makaron hisoblanadi.
Mumkin emas:
- fast-fud;
- yuqori kaloriyali pishiriqlar;
- kolbasa, sosiska;
- chips, qotgan non donalari, sneklar;
- shirin gazlangan ichimliklar, paket o‘ramidagi sharbatlar;
- shokolad;
- energetik va spirtli ichimliklar.
Ushbu mahsulotlar mushaklarni o‘stirmaydi, chunki tarkibida ortiqcha shakar, zararli yog‘lar bor.
Mashg‘ulotlar payti ichimliklar ichish ham katta ahamiyatga ega. Ideal holatda bu hech qanday qo‘shimchalarsiz, oddiy ichimlik suvi bo‘lishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi