date
views 1 671

Mutaxassis: Qishda yugurish foydaliroq

Mutaxassis: Qishda yugurish foydaliroq
Foto: Ferra.ru
Kardiolog-shifokor Mixail Iormarkning aytishicha, qishda yugurish yozdagidan foydaliroq.

Qishda havo kislorod bilan 25–30 foiz ko‘proq to‘yingan bo‘ladi, nafas olish yengilroq. Qishda yugurish butun nafas olish tizimi uchun foyda keltiradi.

Havo harorati past sharoitda kaloriyalar sarfi oshadi, vazn tashlash osonlashadi.

Biroq qishda yugurish hamma uchun ham tavsiya etilmaydi, ogohlantirdi shifokor. Umurtqa kasalliklariga chalinganlar, vena tomirlari varikoz kengaygan, infart yoki insultni boshdan o‘tkazganlar sovuq havoda yugurishi mumkin emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Mutaxassis: Qishda yugurish foydaliroq