Foto: Marie Claire
Idishlarni yuvish murakkab, zerikarli ish, ayniqsa, asabiylikni keltirib chiqarishi mumkin. Biroq uni yengillashtirishga yordam beradigan layfxaklar mavjud. Marie Claire nashri ularni sinab ko‘rishni tavsiya etadi.
Qo‘lqoplardan foydalaning
Ha, idishlarni yuvishda qo‘lqoplardan foydalanish manikyurni asrashga yordam beradi va qo‘l terisiga zarar yetkazmaydi. Albatta, idishlarni yuvishda qo‘lqoplardan foydalanishning eng yaxshi tomoni shundaki, qotib qolgan kir va yog‘ni yetarlicha issiq suvda tozalash mumkin. Shu tarzda idishlar tez va oson yuviladi.
Hamma idishni rakovinaga solmang
Agar rakovina yuvilmagan idishlarga to‘la bo‘lsa, ularni tozalash qiyin bo‘ladi. Bunga qo‘shimcha ravishda, agar u yerda yog‘och taxtakach va temir idishlar bo‘lsa, rakovinadan suv to‘planib qoladi va bu idishlarga zarar beradi. Shuning uchun idishlarni turiga ko‘ra taqsimlab yuvish ishni biroz yengillashtiradi.
Bitta sovunli gubka siyosati
Yuvish uchun idishlar juda ko‘p bo‘lsa, bitta sovunli gubka siyosatidan foydalanish mumkin. Buning uchun gubkaga idish yuvish vositasi qo‘llanadi va uning yordamida idishlar yuviladi. Toki gubkadagi vosita tugaguncha barcha idishlar yuvilib chiqiladi. Keyin yana shu holat takrorlanadi.
Quritish uchun joy hozirlang
Idishlarni yuvgandan keyin ularni qo‘yadigan joy bo‘lishi juda muhimdir. Yaxshisi idishlarni quritish uchun maxsus vositalar xarid qilish tavsiya etiladi.
Sifatli gubkalar sotib oling
Uy-ro‘zg‘or buyumlarini xarid qilayotganda yoqimli hidli va sifatli gubka hamda tozalash vositalarini tanlash lozim. Bu shunchaki idishlarni yuvish va ishni osonlashtirish istagini paydo qilishi mumkin. Kerakli natijani bermaydigan gubkalardan qutulish esa yaxshiroq.
Iste’mol sodasini qo‘llash tavsiya etiladi
Ba’zida o‘ta kir idishlarni tozalashda an’anaviy yuvish vositalari mos kelmaydi. Bunday holda oddiy iste’mol sodasi yordamga keladi. Agar cho‘yan tozalanmasa, unga ozroq suv va soda solib, gazda qizdirilsa, o‘z-o‘zidan tozalanadi. Iste’mol sodasi stakanlardagi choy va qahva dog‘larini mukammal tozalashga yordam beradi.
Limondan samarali foydalaning
Agar iste’mol sodasi yordam bermasa (yoki uyda yo‘q bo‘lsa), yana bir samarali layfxak bor. Buning uchun limon ikkiga bo‘linadi. Taxtakach, zanglagan pichoqlarni tozalash uchun limon bo‘laklaridan foydalanish mumkin.
Plastmassa uchun sirkadan foydalaning
Plastik idishlar qancha eski bo‘lishidan qat’i nazar, undan foydalanish mumkin. Idishni tashlagandan ko‘ra, uni yaxshilab tozalashga harakat qiling. Birinchidan, idish 50 foiz suv va 50 foiz sirka aralashmasi bilan to‘ldiriladi. Idish toza bo‘lguncha 30 daqiqaga qoldiriladi. Agar bu ish bermasa, iste’mol sodasidan foydalanish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
NATO bosh kotibi Donald Tramp bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
U-17 Jahon chempionatida Osiyodan 9 ta jamoa! Bu qanday bo‘ladi?
Tramp moliya vazirligi rahbari lavozimiga investor Skott Bessent nomzodini ilgari surdi