16:03 / 16.12.2022
1 038

Dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 6 ta xato

Dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 6 ta xato
Foto: «Yandeks.ru»
Ko‘plab insonlar kiyim dazmollashni yoqtirmaydi. To‘g‘ri dazmollangan kiyimlarni kiyish tashqi ko‘rinishga ham qisman ta’sir qiladi. «Noviy ochag» nashri dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar haqida ma’lumot berdi.

Juda quruq matoni dazmollaysiz
Bir oz nam matoda burmalarni tekislash osonroq. Quruq kiyimlarni dazmollash uchun dazmol ustidagi bug‘li purkagich (pulverizator)ni yoqing, kiyimni namlang, shundan keyin dazmol va kiyim orasiga ho‘l doka qo‘ying. Hech bo‘lmaganda matoni biroz namlab oling, biroq quruq matoni dazmol qilmang.

Nozik matolar va sintetikalarni paxtali matolardan bo‘lgan liboslardan keyin dazmol qilasiz
Birinchi navbatda nozik matolarni past haroratda dazmollash to‘g‘ri bo‘ladi, shundan keyingina paxta va zig‘ir matosidan bo‘lgan kiyimlarni maksimal haroratda dazmollash kerak. Bu holatda nozik matodagi kiyimlarni kuydirib olmaysiz (odatda pastroq rejimga o‘tishda sovitish uchun vaqt yo‘q bo‘ladi).

Dazmol juda issiq haroratda bo‘ladi
Kiyimlarni dazmollash qoidalari: aralash matolardan tikilgan kiyimlar uchun haroratni sezgirroq komponentga qarab tanlang. Paxtali, junli matolarga jun uchun to‘g‘ri keladigan, ipak bilan zig‘ir matoli liboslarga ipak uchun mos keladigan haroratni tanlang. Agar quyidagi rejimga amal qilsangiz, kiyimlar kuyishini va dazmol ishdan chiqishini oldini olasiz.

Suvdan foydalanmaysiz
Zamonaviy dazmollar oddiy suvda juda yaxshi ishlaydi. Qaynatilgan yoki distillangan suvdan foydalanish shart emas. Agar sizda faqat qattiq suvdan foydalanish imkoniyati bo‘lsa, oddiy suvni qaynatilgan suv bilan birga bir nisbatda suyultirishingiz mumkin.

Dazmolni tozalamaysiz
Teflondan bo‘lgan dazmolning tagini vaqti-vaqti bilan tozalash kerak. Dazmollar uchun mo‘ljallangan tozalovchi vositalardan foydalaning, shunda dazmollash osonroq bo‘ladi va u zig‘irdan bo‘lgan matoni kuydirmaydi.

Dazmolni suv bilan to‘ldirilgan holatda saqlaysiz
Dazmollashdan keyin suvni to‘kib tashlang. Shunda dazmol tasodifan ag‘darilsa ham suv sizib chiqmaydi va uning ichki qismida suvni yaxshi ko‘radigan organizmlar paydo bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dazmol qilishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 6 ta xato