
Ko‘pchilik shakarni zararsiz deb o‘ylaydi. Bu noto‘g‘ri. Ushbu mahsulotning me’yordan ortig‘i semirish va qandli diabet xastaligini keltirib chiqaradi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kuniga o‘rtacha 56 gramm shakar iste’mol qilgan insonda yurak-qon tomir xastaliklaridan o‘lim holati ushbu mahsulot me’yoriga amal qilmaydiganlarga qaraganda ikki marta kam kuzatiladi.
Mutaxassislarning aytishicha, tanadagi ortiqcha shakar miqdori tez yog‘ga aylanadi. Bunday yog‘lar teri osti, oshqozon-ichak atrofi va qon tomir devorlariga yopishib, qonning oqishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada yuqori qon bosimi, miokard infarkti, insult kabi og‘ir xastaliklar kelib chiqadi.
Shuningdek, shakar:
- yolg‘on ochlikni paydo qiladi;
- o‘rganib qolish hissini chaqiradi;
- organizmni V turdagi vitaminlardan mahrum qiladi;
- yurakka nojo‘ya ta’sir etadi;
- tanadan kalsiyni yuvib chiqaradi;
- immun tizimini 15-20 barobar zaiflashtiradi;
- insulinga sezgirlikni pasaytiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar