00:10 / 18.12.2022
1 494

Uyqusizlik qiynaganda qanday yo‘l tutish kerak?

Uyqusizlik qiynaganda qanday yo‘l tutish kerak?
Foto: «Noviy ochag»
Uyqusizlik ko‘pincha «katta shahar kasalligi» deb ataladi. Albatta, megapolislar aholisi (ayniqsa, jismoniy harakatsizlik, stress va ortiqcha ish bilan mashg‘ul bo‘lgan ofis xodimlari) ko‘pincha uyqu bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Uzoq kutilgan dam olishni kutayotgan har qanday odam aqldan ozishi mumkin. Lekin kuchli charchoqdan keyin uxlash ham oson kechmaydi. «Noviy ochag» nashri uyqusizlik qiynaganda, qanday yo‘l tutish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tdi.

Ijobiy kayfiyatda bo‘ling
Salbiy fikrlar — «Kech bo‘ldi, lekin men erta turishim kerak», «Men hech qancha uxlamayman», «Ertaga kun bo‘yi charchayman» — bular organizmning bo‘shashishiga to‘sqinlik qiladi. Ammo uxlash uchun tinchlanishga harakat qilish lozim.

Biror narsaga e’tibor qarating
Bunday vaqtda biror narsani uzoq vaqt sanash tezroq uxlab qolishga yordam beradi. Masalan, tasavvur qilgan holda gul terish yoki qutiga narsalar solish ham.

Uxlashni xohlayotganingizni ko‘rsating
Miyani juda charchaganga ishontirish lozim. Bu holatda o‘zingizni qanday his qilayotganingizni tasavvur qiling — qovoqlar, qo‘llar va oyoqlar og‘irlashadi, esnoq tutib, ko‘rpa ostiga kirish kerak. Ushbu layfxak ham uxlab qolishga yordam beradi.

Kitob o‘qish
Elektron emas, haqiqiy kitob! Yozilganlarni bemalol o‘qish uchun chiroq yoqiladi. Syujetni unutishdan yoki to‘xtagan joyni yo‘qotishdan qo‘rqmaslik lozim, asosiysi uxlab qolishdir.

Musiqa tinglash
Oddiy, sokin musiqa sizga kerak bo‘lgan narsadir. Kechqurun radio yoki sevimli audio kitob ham uxlab qolishga yordam beradi. Ba’zi odamlar mutlaq sukunatda uxlay olmasligidan shikoyat qiladi. Bunday holda, kuchli yomg‘ir tovushlari yordam berishi mumkin.

«4-7-8» mashqi
Olimlarning fikriga ko‘ra, bu usul yurak urish tezligini va qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.

- 4 soniya davomida havodan nafas olinadi;
- nafas 7 soniya ushlab turiladi;
- 8 soniya davomida nafas chiqariladi.

Uxlab qolguncha ushbu mashqni takrorlash tavsiya etiladi.

Yoqtirmaydigan ishingizni bajaring
U yoqdan bu yoqqa ag‘darilgandan ko‘ra, yotoqdan turib, sizni juda charchatadigan ishlarni bajaring. Ba’zilar uchun 20 daqiqa dazmol qilish kifoya.

Oyoqlarni sovutib oling
Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, bu aslida organizmni tezroq uxlatishga yordam beradi. Oyoqlarni yopinchiq ostidan tashqariga chiqarib uxlashga harakat qilish lozim.

Ko‘zingizni yuming
Xona yetarlicha qorong‘i bo‘lsa ham, ko‘cha chiroqlari yoki oy nuri kabi yorug‘lik manbalari bezovta qilishi mumkin. Bunday holda ko‘z niqobisiz uxlab bo‘lmaydi. Agar yo‘q bo‘lsa, ko‘zni dazmollangan mato yoki yupqa sochiq bilan yopishga harakat qilish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyqusizlik qiynaganda qanday yo‘l tutish kerak?