12:30 / 24.12.2022
1 452

Muddati o‘tgan kosmetik mahsulotlardan foydalanish mumkinmi?

Muddati o‘tgan kosmetik mahsulotlardan foydalanish mumkinmi?
Foto: «Noviy ochag»
Muddati o‘tgan kosmetik vositalar yuz terisiga yomon ta’sir qiladi, ular teridagi turli xil kasalliklarni qo‘zg‘atib, husnbuzarlar toshishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. «Noviy ochag» nashri kosmetikalarning yaroqlilik muddati haqida ma’lumot berdi.

Yaroqlilik muddati va amal qilish muddati o‘rtasidagi farq qanday?

Muayyan mahsulotning yaroqlilik muddati va uni ochiq shaklda ishlatish muddati umuman boshqa narsa hisoblanadi. Dekorativ vositalar ostidagi ochiq shisha va naychalarda patogen bakteriyalar ko‘payadi. Vizajist Kamila Belova muddati o‘tgan kosmetik vositalardan foydalanmaslik kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Yaroqlilik muddati o‘tgan kosmetikadan qancha vaqt foydalanish mumkin?

Deyarli har bir kosmetik mahsulotda foydalanuvchiga ushbu mahsulotni ochiq holatda qancha vaqt davomida ishlatish mumkinligini ko‘rsatadigan yorliq mavjud. Kremlarni ishlab chiqarilgan sana yoki tarkibiga qarab olti oy davomida ishlatish mumkin. Har xil sivorotkalarni esa olti oydan kamroq muddatda ishlatib bo‘lish kerak.

- Tush va suyuq podvodkani qadoqdan ochgandan keyin 3-4 oy davomida ishlatish mumkin.
- Tonal kremni esa 6 oy davomida ishlatsa bo‘ladi.
- Lab bo‘yog‘i, quruq pudra, quruq rumyana va tenni yangilari bilan almashtirilishi kerak bo‘lgunga qadar yoki bir yil davomida ishlatish mumkin.

Bu qoidalarga rioya qilib, kosmetik vositalarni yaroqlilik muddati yetguncha ishlatadigan ayollar bor. Biroq undan yillar davomida foydalanib, uni yangisiga o‘zgartirishni istamaydigan va muddati o‘tgan kosmetika teriga haqiqatan ham zarar yetkazishini unutadigan ayollar ham topiladi.

Muddati o‘tgan kosmetikadan foydalanish xavflimi?

Ko‘pchilik hatto muddati o‘tgan vositalardan foydalanish haqida hech qanday fikr bildirmaydi. Bu vositalar terining turli ko‘rinishlari masalan, dermatit, allergik reaksiyalar, husnbuzar paydo bo‘lishi ortida u yoki bu vositaning yaroqlilik muddati o‘tganligini sezmaydi. Bundan tashqari, hech qanday ishlab chiqaruvchi bunday kosmetikadan foydalangan holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar uchun javobgar emas.

Yaroqlilik muddati tugasa ham, kosmetikadan bir necha yil foydalanish mumkin degan xulosaga kelmang. Krem, tush, pudra, lab bo‘yog‘i va boshqa vositalardan foydalanganda, mikroorganizmlar ularga kirib, ko‘paya boshlaydi. Yaroqlilik muddati o‘tgan kosmetika vositalarida stafilokokk, streptokokk topish mumkinligini isbotlovchi tadqiqotlar o‘tkazildi.

Foto: «Noviy ochag»
Patogen muhitning rivojlanishiga hissa qo‘shadigan asosiy komponentlardan biri suv hisoblanadi. U kremlardan tortib tush va lab bo‘yog‘igacha deyarli har qanday kosmetik mahsulotida mavjud.

Mikroorganizmlarning butun koloniyalarini ko‘paytirish uchun foydali muhit yaratishning yana bir omili organik qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin, ular ham kosmetikada mavjud.

Eng xavfli holat muddati o‘tgan mahsulot shilliq qavatga qo‘llanilganda yuzaga keladi — bular blesklar, lab bo‘yog‘i, tush, podvodka, qalam, tenlar, masalan, ko‘z uchun krem ishlatilganda zararli bo‘lishi mumkin.

Kosmetikani qanday qilib to‘g‘ri ishlatish kerak?

Infeksion xavfning oldini olish uchun mahsulotlarni sinab ko‘ring.

Foto: «Noviy ochag»
Agar tush, pudra yoki ten qachon qadoqdan ochilganini aniq eslay olmasangiz, o‘ramga e’tibor bering: agar ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘llangan yozuvlar o‘chib ketgan bo‘lsa, bu mahsulot uzoq vaqt davomida ishlatilganining aniq belgisi hisoblanadi. Bu kosmetik mahsulotlarni yangisi bilan almashtirish kerakligini anglatadi.

Biroq eng yaxshi yo‘li kosmetikadan qancha vaqt davomida foydalanganingizni eslab qolish kerak. Vaqti-vaqti bilan kosmetik mahsulotlaringizning yaroqlilik muddatini tekshirib turing. O‘z sog‘lig‘ingiz va teringiz salomatligini xavf ostiga qo‘ymang. Mablag‘ni ayamang va muddati o‘tgan mahsulotlarni axlat qutisiga tashlang.

Yana bir muhim jihat, bakteriyalarni kosmetikaga kiritmaslik uchun har foydalanishdan keyin aplikatorlar, cho‘tkalar, gubkalar, spatulalar, maxsus mahsulotlar yoki krem ​​va boshqa kosmetika vositalarni suvga botirib sovun bilan yuving. Bu infeksiya, dermatit va allergiyadan himoya qilish va shu bilan birga, kosmetikangizning yaroqlilik muddatini uzaytirish uchun kafolatlangan usul hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muddati o‘tgan kosmetik mahsulotlardan foydalanish mumkinmi?