Foto: «Noviy ochag»
Idish yuvish vositalari idish-tovoq va rakovinadagi yog‘ va kirni tozalashda juda foydali, ammo ulardan ro‘zg‘orda boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Bu mahsulot ba’zi kimyoviy tozalash moddalariga qaraganda zararsizdir, deb yozadi «Noviy ochag».
Kiyimdagi yog‘ dog‘larni tozalaydi
Bluzka yoki futbolkada ovqat dog‘lari bormi? Dog‘ ustiga biroz idish yuvish vositasi quyiladi, u qo‘llar bilan ishqalanadi va suv bilan yuviladi. Suyuqlik yog‘ dog‘larni olib tashlash uchun yetarlicha yumshoq. U hatto jun va ipakni ham yuvishi mumkin.
Oshxona va hammom pollarini yuvish mumkin
Bir chelak iliq suvga 2 osh qoshiq idish yuvish vositas qo‘shib, linoleum, vinil yoki kafeldan yasalgan pollarni yuvish uchun ajoyib vositaga ega bo‘lish mumkin. Ammo ushbu aralashma yog‘och yoki parket uchun mos emas.
Balkon yoki uy hovlisidagi mebellarni tozalaydi
Idish yuvish vositasi bir piyola iliq suv bilan aralashtiriladi va eritmada balkon yoki hovlidagi stol va stullar artib olinadi. Keyin oddiy toza suv bilan yuvib tashlanadi.
Zargarlik buyumlariga yorqinlikni qaytaradi
Zargarlik buyumlariga yorqinlikni qaytarish uchun suvga biroz idish yuvish vositasi va ichimlik sodasi qo‘shiladi. Soda pufakchalari kirlarni eritib, taqinchoqlarning barcha yoriqlarga kirib borishiga yordam beradi. Birinchi navbatda zargarlik buyumlari eritmada besh daqiqa davomida namlanadi, keyin sovuq suv bilan yuvib tashlanadi. O‘ta qattiq kirni tozalash uchun yumshoq tish cho‘tkasidan foydalanish mumkin.
Taroq va soch cho‘tkalarini tozalaydi
Taroqlar iliq suvga idish yuvish vositasi aralashtirilgan suyuqlikda namlanadi. Keyin ular tish cho‘tkasi bilan tozalanadi va suv bilan yuviladi.
Kir yuvish uchun foydalanish mumkin
Nozik matolarni yuvish uchun maxsus suyuqlik tugasa, idishlarni yuvish vositasidan foydalanish mumkin.
Chivinlar uchun tuzoq yasash mumkin
Bir piyola sharob sirkasiga uch tomchi idish yuvish vositasi qo‘shiladi, bu hid kichik zararkunandalarni o‘ziga tortadi. Yuvish vositasi eritmada sirt tarangligini hosil qiladi, shunda chivinlar yopishib qoladi va uchib ketolmaydi.
Gilamdagi dog‘larni tozalaydi
2 stakan iliq suvga 1 osh qoshiq idish yuvish vositasi qo‘shiladi va gilamdagi dog‘ shu eritmaga namlangan toza mato bilan artib olinadi. Gilamdagi dog‘ yo‘qolguncha jarayon takrorlanadi. Keyin gubka va sovuq suv bilan artib olinadi.
Oshxona shkaflarini artib olish mumkin
Idishlar va pishirish asboblari kabi oshxona shkaflari ovqat tayyorlaganda yog‘lanishi mumkin. Buning uchun suv va idish yuvish vositasi aralashtiriladi va sepiladigan idishga quyiladi. So‘ngra aralashma shkaf yuzasiga sepilib, artib olinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi