Foto: Pinterest
Kam harakat, ko‘p kaloriya va yog‘li ovqatlar, Yangi yil bayrami va ta’tillar qishda ortiqcha vazn to‘planishiga sabab bo‘ladi. Sovuq mavsumda bu kabi muammoga duch kelmaslik uchun «Noviy ochag» nashri bir nechta tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Agar chindan xohlasangiz ham, ko‘p uxlamang
Qishda hamma ham ko‘proq uxlashni va bahorgacha issiq yopinchiq ostidan chiqmaslikni xohlaydi. Ammo odatdagi vaznni saqlash uchun bu istakni amalga oshirish shart emas. Sifatli uyqu va tungi dam olish sog‘lom metabolizm uchun juda muhim, ammo uyqu rejimi ham xuddi shunday muhimdir. Kechki soat 23:00 dan kechikmasdan uxlashga harakat qilish va ertalab vaqtida uyg‘onish zarur, hatto dam olish kuni bo‘lsa ham. Uyquni unutish uchun piyoda sayr qilish foydali, bu tetiklashishga yordam beradi.
Sovuqdan qo‘rqmang
Xonada qulaylik, sog‘lom uyqu, shuningdek, metabolizmni tezlashtirish uchun eng maqbul harorat 18 darajani tashkil etishi kerak. Ammo kun davomida xonani haddan tashqari isitib yubormaslik kerak. Yetarli haroratda o‘tkazilgan atigi ikki soat metabolizmni sezilarli darajada tezlashtiradi va saqlangan kaloriyalarni energiyaga aylantirishga yordam beradi.
Meva iste’mol qiling
Tadqiqotlar tomonidan tasdiqlangan maslahat. Ko‘proq meva va sabzavot iste’mol qilinsa, ovqat kamroq tanovul qilinishi tabiiy. Masalan, olma, sabzi, karam va boshqa meva va sabzavotlar nafaqat foydali, balki vazn ortmasligiga ham hissa qo‘shadi.
Quyosh nurida bo‘ling
Qish fasli sog‘liq uchun sinovdir. Ba’zi mamlakatlarida hatto kuz va qishda depressiyaning kuchayishi kuzatiladi. Chunki quyoshsiz ob-havo kayfiyat, energiya darajasi, ishlash va metabolizmga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Melatonin gormoni metabolizmni tartibga solish uchun javobgardir, uning ishlab chiqarilishi, boshqa narsalar qatori, quyosh nuriga bog‘liq. Shuning uchun, qishda, ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazishga harakat qilish va quyosh nurlarining kirib kelishi uchun deraza pardalarini ochiq qoldirish zarur.
Tuzlangan mahsulotlardan tiyiling
Qishda boshqa fasllarga qaraganda ko‘proq tuz iste’mol qilinadi: yilning shu davrida ratsionda ko‘plab tuzlangan mahsulotlar o‘rin oladi. Ulardan tiyilish, har kuni iste’mol qilinadigan tuz miqdorini nazorat qilish lozim. Birinchidan, tuzning ortiqcha miqdori organizmda suyuqlik to‘planishiga olib keladi, ikkinchidan, ishtahani ochadi, uchinchidan, bu salomatlikka jiddiy putur yetkazishi mumkin. Esingizda bo‘lsin, tuzning kunlik miqdori atigi 5 grammni tashkil etishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi