Foto: «Noviy ochag»
Oshxonaning tajribaga ega uzoq yillik egalari o‘ziga xos bir qancha usullardan foydalanadi. Bu ayniqsa, yosh bekajonlarga xatolardan qochishga yordam beradi, deb yozadi «Noviy ochag».
Sariyog‘ni qanday qilib tezda yumshatish mumkin?
Muzlatkichdan sariyog‘ olinib, kichik bo‘laklarga bo‘linadi. Shisha idishga qaynoq suv quyiladi, so‘ngra suv to‘kilib, sochiq bilan artib olinadi. Idish sovimasidan oldin sariyog‘ ustiga yopiladi. 3-5 daqiqadan so‘ng mahsulot foydalanishga tayyor bo‘ladi.
Tuxum oqi yaxshi ko‘pirishi uchun nima qilish kerak?
Buning uchun muzlatkichda turgan tuxumlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular qanchalik sovuq bo‘lsa, oqi oson ko‘piradi. Shuningdek, ko‘pirtiriladigan idishni ham 5-10 daqiqaga muzlatkichga qo‘yish lozim. Tuxum oqlari sarig‘idan ehtiyotkorlik bilan ajratib olinadi. Bu jarayonni ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak. Tuxum oqlariga bir chimdim tuz qo‘shiladi va mikserda aralashtiriladi, jarayon bosqichma-bosqich tezlashtiriladi. Asta-sekin oq ko‘pikka hosil bo‘ladi. Unga bir necha tomchi limon sharbati qo‘shiladi. So‘ngra yana mikser qilinadi. Tuxum oqi joyidan oqmaydigan holatga kelguncha aralashtirishda davom etiladi.
Qanday qilib tish tozalaydigan ip yordamida biskvitni kesish mumkin?
Hech qanday pichoqsiz oddiy tish ipidan foydalanish mumkin. Buning uchun kerakli uzunlikda ip kesib olinadi. U qo‘llar bilan iloji boricha mahkam tortiladi. Yengil harakatlar bilan biskvit uzunligi bo‘ylab asta-sekin kesiladi.
Krem uchun smetana qanday quyuqlashtiriladi?
Avval kerakli idish sovitib olinadi va unga smetana quyiladi. Yog‘ miqdori 20 foiz bo‘lgan mahsulotdan foydalaniladi, undan krem quyuq va yopishqoq bo‘lib chiqadi. Smetana mikser bilan aralashtiriladi, biroz qalinlashganda, unga bir necha tomchi limon sharbati qo‘shiladi. Istalgan quyuqlik olinmaguncha, ko‘pirtirishda davom etiladi.
Sut toshib ketmasligi uchun nima qilish kerak?
Buning uchun sut qaynatiladigan idishning chetiga sariyog‘ surtiladi va sut quyiladi. Sut olovga qo‘yilgach, yaxshilab aralashtiriladi. Shundan so‘ng qaynab chiqishi bilan sut avvalgidek yuqoriga qarab toshib ketmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi