20:55 / 12.01.2023
311

Izg‘irinda tanani issiq tutish bo‘yicha layfxaklar

Izg‘irinda tanani issiq tutish bo‘yicha layfxaklar
Foto: Pinterest
Qanday qilib sovuqda muzlamaslik va gipotermiyadan aziyat chekmaslik mumkin? Bu haqda quyidagi tavsiyalarni bilib olsangiz, foydadan holi bo‘lmaydi, deb yozmoqda Wday nashri.

Qish nafaqat barmoqlarning muzlashi, lablar va yuzning quruqshab, o‘z jozibasini yo‘qotishiga sabab bo‘lgani uchun butun tanani sovuqdan himoya qilishga mas’uliyat bilan yondashishni talab etadi. Ayoz, qor, kuchli izg‘irin shamol — ko‘pchilik qish mavsumini yoqtirmasligining sabablaridir.

Aksar odamlar qishga oldindan tayyorgarlik ko‘radi va sovuq bilan bog‘liq ko‘plab noxush holatlar yuz berishidan uzoq turish haqida o‘ylaydi. Asosan, qo‘l va oyoq barmoqlari, shuningdek, burun sovuq qotadi. Oyoq-qo‘llar sovuqdan muzlab qolmasligi uchun paypoq yoki qo‘lqoplarga oz miqdorda maydalangan zanjabil yoki oddiy xantalni solib qo‘yishingiz kerak. Zanjabil barmoqlarni issiq tutadi, xantal esa qon aylanishini yaxshilaydi.

Alkogolli ichimliklar ichmang. Bu sezgirlikni susaytiradi. Alkogolli ichimlik ichganda sovuq qotayotganingizni sezmasligingiz mumkin. Boisi spirtli ichimliklarning isituvchi ta’siri yarim soatdan oshmaydi, keyin esa aks ta’sir boshlanadi: qancha ko‘p alkogol ichsangiz, keyinroq muzlab qolasiz.

Chekmang. Nikotin mayda tomirlar va kapillyarlarda spazm holatini keltirib chiqaradi (ular qo‘l va oyoq barmoqlari, shuningdek, burunning qon bilan ta’minlanishi uchun javobgardir).

To‘yib ovqatlangach, ko‘chaga chiqing. Bunday paytlarda, yog‘lar haqida unutmaslik kerak. Qahraton sovuqda minimal miqdori 1-2 choy qoshiq o‘simlik yog‘i yoki 10-20 grammga teng sariyog‘ni ovqatlanish ratsioniga kiritish tavsiya etiladi.

Faqat burun orqali nafas oling. Buning uchun burun yo‘llari toza bo‘lishi kerak. Agar sizda tumov boshlangan bo‘lsa, yanada jiddiy kasalliklarga olib kelmasligi uchun uni darhol davolash kerak. Og‘iz bilan nafas olishingiz mumkin, lekin keyin uni sharf bilan o‘rab olmang! Bunda siz yuzning pastki qismini isitmaysiz, aksincha, uni muzlatib qo‘yasiz. Yodda tuting: nafas chiqarilgan havo nam bo‘ladi, sovuqda esa namlik muzga aylanadi.

Oyoqlaringizni issiq tuting. Buning uchun baland poshnali etiklarni kiymay turishingiz kerak: tor poyabzal oyoqlarda normal qon ta’minotiga to‘sqinlik qiladi va oyoqlar tezda sovuq qotadi. Qahraton paytida kigizdan tikilgan etiklar kiying!

Foto: «wday.ru»
Quloqlar va yana oyoqlaringizga g‘amxo‘rlik qiling. O‘zingizga quloqlarni yopib turadigan zamonaviy bosh kiyim tanlang. Quloqda va oyoq kafti ostida faol nuqtalar joylashgan bo‘ladi, shuning uchun oyoqlar nam tortgandan so‘ng tomoq bilan bog‘liq muammolar boshlanishi mumkin. Agar to‘satdan shamollab qolsangiz, unga qarshi yoppasiga tabletkalar ichmang, bunday paytda dorivor o‘simliklardan tayyorlangan damlamalarning o‘zi tibbiy muolaja sifatida kutilgan natijani beradi.

Yuzingizni kremlar yordamida himoya qiling. Yuz terisi nihoyatda nozik bo‘lgani uchun birinchi navbatda yonoqlar muzlaydi. Burun terisi biroz qalinroq. Shuning uchun, yuzlar maxsus krem ​​bilan himoyalangan bo‘lishi maqsadga muvofiq, chunki quloqlargacha cho‘zilgan sharf tezda muzlab qolishi ma’lum. Izg‘irinli havoda piling qilmang: boisi yuz terisi yuqorida qayd etilganidek juda nozikdir.

Qavat-qavat kiyining — sovuqda bu bizning shiorimiz! Bir necha qavatli kiyinganda har bir qavat o‘rtasida havo bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi, o‘z-o‘zidan bo‘shliqdagi havo isiydi va bizni yanada isiq tutadi. Qo‘llarni bukib bo‘lmas darajadagi bitta qalin jemfer kiygandan ko‘ra ikki qavatli yupqaroq sviter kiygan qulayroqdir. Issiq xonaga kirganingizda bittasini yechib qo‘yish ham mumkin.

Bo‘yin ham tez sovuq qotadigan zaif bo‘g‘indir. Unda qonni boshga olib boradigan tomirlar mavjud. Shuning uchun, ko‘zlarni quvnatadigan shifon sharf emas, balki junli va qalin to‘qilgan sharfni tanlashingiz kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Izg‘irinda tanani issiq tutish bo‘yicha layfxaklar