15:53 / 14.01.2023
372

Kollagen och qoringa ichilmagan bo‘lsa, kunning qaysi vaqtida qabul qilish mumkin?

Kollagen och qoringa ichilmagan bo‘lsa, kunning qaysi vaqtida qabul qilish mumkin?
Foto: The Voice Mag
Ko‘rsatmalarga ko‘ra, har doim kollagenni och qoringa, nonushta qilishdan 30-60 daqiqa oldin ichish kerak. Ammo ertalab bunga vaqt bo‘lmasa, kunning boshqa vaqtlarida ham qo‘shimchani qabul qilish mumkin. The Voice Mag nashri kunning qaysi vaqtida kollagen qabul yaxshiroq samara berishini ma’lum qildi.

Odatda kollagenni nonushta qilishdan yarim soat oldin va bir soatdan kechiktirmasdan ichish kerak: aks holda u organizm tomonidan yaxshi so‘rilmaydi. Bunday qat’iy qoida qo‘shimchalarni muntazam iste’mol qilishni ancha murakkablashtiradi. Chunki ertalabki ishga otlanish uchun deyarli bir soat emas, hatto 10 daqiqani ham topish qiyin.

Bundan tashqari, ko‘pincha och qoringa kollagen qabul qilish kuchli qorin og‘rig‘iga va hatto oshqozon buzilishiga olib keladi. Biroq vaqt va salomatlik bilan bog‘liq bunday muammolarning mavjudligi ushbu qarishga qarshi qo‘shimchani qabul qilishdan bosh tortish uchun sabab emas.

Kollagenni kunning boshqa vaqtlarida ham ichish mumkin. Asosiysi ovqatlar bilan aralashtirmaslik. Ovqatlanishdan keyin ikki soat o‘tgach, kollagen xavfsiz tarzda qabul qilinadi. So‘ngra bir soatdan so‘ng yana tanovul qilish yoki ichish mumkin. Bu vaqtda qo‘shimcha yaxshiroq assimilyatsiya qilinadi va oshqozon-ichak traktida noqulaylik paydo bo‘lishining oldini oladi.

Ba’zi mutaxassislar yotishdan oldin kollagen ichishni maslahat beradi. Birinchidan, kechalari organizmdagi kollagen sintezi yaxshilanadi. Shuning uchun maxsus qo‘shimchani qabul qilish bu foydali jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkinchidan, yotishdan bir necha soat oldin kechki ovqat iste’mol qilingan bo‘lishi kerak, shuning uchun qo‘shimchani qabul qilishda optimal vaqtni hisoblash shart emas. Uchinchidan, ba’zi tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kollagenni kechqurun iste’mol qilish uyquga foydali ta’sir ko‘rsatadi hamda kunduzgi uyquchanlikni yengillashtiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kollagen och qoringa ichilmagan bo‘lsa, kunning qaysi vaqtida qabul qilish mumkin?