11:08 / 05.02.2023
277

Qandli diabetga chalinganlar uchun zararsiz mevalar

Qandli diabetga chalinganlar uchun zararsiz mevalar
Parhezshunos qandli diabetga chalinganlar uchun zararsiz meva-sabzavotlarni ma’lum qildi.

Agar me’yorda iste’mol qilinsa, apelsin va qulupnay qandli diabetga chalinganlar uchun xavfsiz, deydi parhezshunos Svetlana Pavlichenko.

Qandli diabetga chalingan insonlar kundalik taomnomasini qattiq nazorat qilishi, oziq-ovqat mahsulotlarida, ayniqsa, mevalarda qancha uglevodlar miqdorini bilish zarur. Apelsin, qulupnay, maymunjon (yejevika) iste’mol qilish mumkin.

Biroq, shifokorning ogohlantirishicha, quruq mevalar, mayiz, quritilgan xurmo iste’molini kamaytirish lozim. Qolaversa, qandli diabetga chalinganlarga qadoqlangan sharbatni umuman iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi. Chunki, bunday sharbatda kletchatka yo‘q, aksincha tarkibida shakar ko‘p. Qadoqlangan sharbat II tur diabet kasalligiga olib kelishi ham tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qandli diabetga chalinganlar uchun zararsiz mevalar