12:50 / 17.03.2023
193

Ayollar yurak xuruji haqida nimalarni bilishi kerak?

Ayollar yurak xuruji haqida nimalarni bilishi kerak?

Ayollar o‘limiga saratonga qaraganda ko‘proq yurak-qon tomir kasalliklari sabab bo‘ladi. Ammo ko'pchilik hali ham yurak xuruji faqat erkaklar chalinadigan kasallik deb o‘ylashadi. Xo‘sh, yurak xurujining belgilari qanday?

Eng xavfli ko‘rsatkichlar

Yurak-qon tomir kasalliklari insonga o‘tmishdan buyon hamroh bo‘lgan (hatto, uch ming yillik mumiyolarni ham chetlab o‘tmagan) va u o‘sishda davom etmoqda. Bugungi kunda yurak xastaliklari butun dunyo bo‘ylab qayd etilayotgan o‘limning asosiy sababi bo‘lib, birgina 2016 yilning o‘zida 17,6 million kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Olimlar 2030 yilga borib bu raqam 23,6 millionga ko‘payishini taxmin qilmoqda.

Ayollarning yuragi erkaklarnikidan qanday farq qiladi?

Ayollarning yuragi erkaklarnikiga qaraganda bir oz kamroq og‘irlikdada ekani, ammo tezroq (daqiqasiga 8 marta ko‘proq) yurak urishi ma’lum. Yurak xuruji jins tanlalamaydi: hammaga teng tahdid soladi. Har bir ayol yurak-qon tomir kasalligiga chalinish xavfiga duch keladi: bu 35 yoshdan oshgan ayollar orasida o‘lim va nogironlikning asosiy sababi, hatto, saraton kasalligidan ham oshib ketadi. Yoshlar orasida gipertoniya va semizlik ko‘payganidan keyin, keksalik bilan bilan bog‘liq yurak kasalliklari har yili “yosharmoqda”.

Bunga bir qancha sabablar bor — bu harakatsiz turmush tarzi va umuman insoniyatning ratsionidagi o‘zgarishlar va gormonal kontratseptiv mahsulotlarning tarqalishi (ular trombozning kuchayishiga olib keladi) va boshqalar.

Muammo nafaqat sog‘lig‘imizda, balki butun sog‘liqni saqlash tizimida ham bor. Ko‘pgina ayollar yurak-qon tomir kasalliklarini o‘z vaqtida tashxislash va to‘g‘ri davolash xizmatini qabul qila olmaydilar. Ba’zan ularning o‘zlari ham yurak muammolari borligi haqida bilishmaydi.

Nima uchun bu sodir bo‘lmoqda?

Jahon tibbiyoti uchun o‘rtacha katta odam — erkak hisoblanadi. Dori dozalari, davolash protokollari va diagnostika xususiyatlarining standart to‘plamlariga qaratiladi. Ayollardagi simptomlar ko‘pincha bundan farq qiladi, shuning uchun ular nihoyat kardiologga borish uchun poliklinikaning barcha doiralarini bosib o‘tishlari va “ko‘p asabiylashasiz, “pustirnik” iching” kabi oddiy sabablar bilan qaytib keladi.

Ommaviy madaniyatda yurak xuruji hamma uchun tanish bo‘lib ko‘rinadi. Aslida, yurak xurujida siz ko‘krak qafasidagi og‘riq yoki noqulaylikni, bosimning oshishini his qilasiz. Bu hislar bir necha daqiqa davom etadi yoki ular kelib-ketishi mumkin.

Ayollarda yurak xurujining asosiy belgilari:

  • Ko‘ngil aynishi;
  • Qusish;
  • Bosh aylanishi;
  • Zaiflik;
  • “Nafas qisilishi” hissi;
  • Qorin sohasidagi og‘riq;
  • Bel og‘rig‘i
  • Umumiy holatning yomonlashuvi;
  • Bo‘yin, jag‘, yelka, yuqori orqa yoki qorindagi noqulaylik;
  • Terlash;
  • Bir yoki ikkala qo‘lda og‘riq;

Ayollar uchun muhim eslatma: Biz o‘zimizga g‘amxo'rlik qilishimiz kerak. Agar siz bilan sodir bo‘layotgan voqea yurak xurujiga o‘xshaydi deb o‘ylasangiz, shifokorlar sizni tinchlantirishlariga yo‘l qo‘ymang yoki bu holatni “asab bilan bog‘liq” deb yozdirmang. Hayotingiz va sog‘lig‘ingiz xavf ostida.

Yurak kasalliklarining oldini olish uchun nima qilish kerak?

Yetti oddiy qoidani bilib oling (qisqacha ularni “o‘zingizni kuzatib boring, ehtiyot bo‘ling” deb ta’riflash mumkin):

  • Chekishni tashlang;
  • Jismoniy faol bo‘ling;
  • To‘g‘ri ovqatlaning;
  • Xolesterolni, glyukozani, qon bosimini hamda vazningizni nazorat qiling.

Shuningdek, uyquning yurak salomatligi uchun ahamiyatini ham e’tiborsiz qoldirmang. Uyquning yetishmasligi yoshingiz, vazningiz va jismoniy faolligingizdan qat’iy nazar, yurak kasalliklari xavfini oshiradi. U mavjud muammolarni jiddiy ravishda kuchaytiradi, chunki uyqu organizmdagi barcha jarayonlarga (shu jumladan qon bosimi, yallig‘lanish va glyukoza almashinuviga) ta’sir qiladi.

Stressni boshqarish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni cheklash va doimo dori-darmonlarni qabul qilsangiz — rejimga jiddiy munosabatda bo‘lish bir xil darajada muhimdir. Agar atigi 35 yoshda bo‘lsangiz ham hayotingizni va sog‘lig‘ingizni uzaytira olasiz. Asta-sekin, bosqichma-bosqich, xavf omillarini birma-bir bartaraf etish orqali. Yuragingiz o‘zingizning qo‘lingizda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayollar yurak xuruji haqida nimalarni bilishi kerak?