19:38 / 06.04.2023
253

Uyqusizlikning zararlarini kamaytirish yo‘li aytildi

Uyqusizlikning zararlarini kamaytirish yo‘li aytildi
Uyqusizlikning salomatlik uchun ziyoni katta. Bu omil bora-bora jiddiy kasalliklar va hatto erta o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Xitoyning Guanchjou tibbiyot universiteti olimlari ana shu salbiy oqibatlarni kamaytirish yo‘lini topdi.
 
Buning uchun 40 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan 92 ming kishi tadqiqotga jalb etildi. Ularning salomatlik ko‘rsatkichlari yetti yil davomida bilaklariga taqilgan akselerometr yordamida to‘plab borildi.
 
Eksperiment davom etgan yetti yil ichida ishtirokchilardan 1074 nafari yurak-qon tomir, 1871 nafari saraton kasalligidan vafot etgani qayd etildi.
 
Sinov jarayoniga jalb etilganlar — kam uxlovchilar (6 soatdan oz), normal uyqu sohiblari (6-8 soat) va ko‘p uxlaydiganlar (8 soatdan ortiq) guruhlariga ajratildi. Shuningdek, ularning jismoniy faollik darajasi past, o‘rta va yuqori, degan uch mezon asosida toifalandi.
 
Yakunda kamharakat qatnashchilarda uyqusizlik yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini 69 foizga oshirishi ma’lum bo‘ldi. Sutkasiga 8 soatdan ko‘p uxlab, sportni e’tiborsiz qoldirganlarda esa saratondan o‘lim xavfi 21 foizga yuqorilagan.
 
Sport bilan faol shug‘ullangan ishtirokchilarda esa erta o‘lim xavfi bilan uyqu davomiyligi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanmadi.
 
Shundan kelib chiqib, xitoylik olimlar uyqusizlik va uning asoratlarini jismoniy mashqlar orqali kamaytirish mumkin, degan xulosaga keldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyqusizlikning zararlarini kamaytirish yo‘li aytildi